Oʻzbekiston “Bir mamlakat, bir ustuvor mahsulot” tashabbusini ilgari surmoqda
Yaqinda OCOP tashabbusini amalga oshirish boʻyicha Milliy ishchi guruhini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Texnik ishchi guruhining (TIG) birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrosanoat majmuini rivojlantirish agentligi, Oʻsimliklar karantini va muhofazasi agentligi, shuningdek, akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ishtirok etdi. Bundan tashqari, yigʻilishda xususiy agrobiznes kompaniyalari va Yevropa Ittifoqi qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash dasturi vakillari ham qatnashdilar. Yigʻilish ishtirokchilarining eʼtibori gilos uchun barqaror qiymat zanjirini yaratishga qaratildi. Bu kichik fermerlarga foyda keltiradi, mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlaydi va atrof-muhitni muhofaza qiladi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar Oʻzbekistondagi OCOP boʻyicha TIG tarkibi va vazifalari yuzasidan kelishib oldilar. Bu guruh davlat organlari, fermerlar assotsiatsiyalari, xususiy sektor va ilmiy-tadqiqot institutlari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi, shuningdek, OCOP tashabbusini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi.
FAO tomonidan asos solingan global OCOP tashabbusi mamlakatlarga oziq-ovqat xavfsizligi va toʻyib ovqatlanmaslik muammolarini hal qilish, shuningdek, mahalliy iqtisodni koʻtarish uchun geografik koʻrsatkichlar va mahalliy madaniy meros orqali kelib chiqqan mamlakatlari bilan bogʻlangan tanlab olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun barqaror yetkazib berish zanjirlarini yaratishda yordam berishga qaratilgan. Ushbu tashabbus FAOning 2022'2031-yillarga moʻljallangan strategik dasturiga mos keladi va BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni qoʻllab-quvvatlaydi. Hozirda Yevropa va Markaziy Osiyoda 11 ta davlat, jumladan, Albaniya (kashtan), Ozarbayjon (anor), Qozogʻiston (olma) va Turkiya (anjir) tanlab olingan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini targʻib qilmoqda.
Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,90'soʻmga tushdi va'12 790,12'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'42,00'soʻmga oshib,'13'936,11'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,59'soʻmga pastlab,'130,03'soʻmni tashkil qildi.
Dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'15,14'soʻmga tushdi va'12 774,98'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'21,60'soʻmga pastlab,'13'914,51'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,11'soʻmga oshib,'130,14'soʻmni tashkil qildi.
Fuqarolar kredit olishni oʻz-oʻziga taqiqlashi mumkin boʻladi
Kredit-axborot tahliliy markazi portalida fuqarolar tomonidan oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash imkoni joriy qilindi. Bu oʻzgalar nomiga kredit oluvchi kiberjinoyatchilardan himoyalanish imkonini beradi.Mazkur xizmat yoqib qoʻyilsa, hech kim (kredit-moliya tashkilotlari) fuqaroning kredit tarixi bilan bogʻliq maʼlumotlarini ololmaydi. Natijada kredit tashkilotlari fuqaroning kredit tarixini onlayn oʻrgana olmaydi va kredit ajratish imkonsiz boʻlib qoladi.Xizmatdan foydalanish uchun Kr
SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA
Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota