Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan.
Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota izidan borib, jinoyat qidiruv xizmatida 15 yildan ortiq faoliyat olib bordi. Hozirda Mamadaliyevlarning katta oilasida to‘qqiz nevara va ikki evara voyaga yetmoqda.
– Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Hasanboy Xo‘jayev menga ustozlik qilgan, – deya eslaydi faxriy. – U menga har qanday holatda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishni, jinoyatni ochishda hatto mayda-chuydalarga ham e'tibor qaratishni va shoshilinch xulosa chiqarmaslikni o‘rgatdi. Bunday saboqlar keyinchalik jinoyatchilarni qidirishda bir necha bor qo‘l keldi. Generallar – G‘ofurjon Rahimov, Botirjon Parpiyev, polkovniklar – Gennadiy Gavrilichev, Vladislav Gurtovenko kabi insonlar bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman.
Ayniqsa, tezkor xodim bo‘lib ishlagan davrim yodda qolgan. O‘sha paytda ichki ishlar organlari bo‘linmalarida texnika va aloqa vositalari taqchil edi. Shunga qaramay, hodisa joylariga yo‘lovchi mashinalarda borib, bajarilgan ish haqida avtomat-telefonlar orqali ma'lumot berardik.
Biror ko‘ngilsiz voqea yuz bersa, yordam so‘rab, birinchi navbatda, jinoyat qidiruv bo‘limiga murojaat qilishgan. Odamlarning muammolarini hal qilishda yordam berish bizning burchimiz edi. Qiyinchiliklarga qaramay, bo‘limimiz jinoyatlarni fosh etish ko‘rsatkichi bo‘yicha viloyatda birinchi uchlikka kirgan. Butun jamoaning fidoyiligi va ahilligi tufayli har doim yuqori natijalarga erishganmiz. Oddiy inspektordan tortib to boshliqqacha har birimiz o‘z ishimizni mas'uliyat bilan bajarardik.
Yaqinda faxriyni 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, iste'fodagi podpolkovnik Davronbek Yusupov va shogirdlari qutlashdi.
– O‘tgan umrimdan minnatdorman, shu kasbni tanlaganimdan, xalqimga xizmat qilib shu kunlarga yetganimga shukrona qilaman, – deydi Adhambek ota.
Boris KLEYMAN,
o‘z muxbirimiz.
Andijon viloyati.
Dollar kursi koʻtarilib, rekord chizigʻini bosib oʻtdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,05'soʻmga oshdi va'12 827,90'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'32,75'soʻmga tushib,'13'832,32'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,10'soʻmga pastlab,'132,85'soʻmni tashkil qildi.
Ogohlik
Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish usullari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Alijon ABDUSATTOROV,“Postda” muxbiri.
Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan orti
SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA
Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota