calendar 01 Nov 21:29
eye 28
comments 0
comments Manba: xs.uz

Boqimandalik kayfiyatidan voz kechaylik

image
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'.'Kambagʻal oilalar hayotini oʻzgartirish, turmush tarzini yaxshilash uchun mamlakatimizda yangi harakat boshlandi. Hozirda barcha hududlarda bu boradagi amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Samarqandda ham.

Bulungʻur tumanidagi 55 ta mahallada 201 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 505 oiladagi 2107 nafar fuqaro kambagʻal deb topilgan. 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida 101 nafar masʼulga 5 tadan oila biriktirgan.

' Masʼullarning vazifasi oilalarning kambagʻallik holatiga tushish sabablarini oʻrganib, muammolarni bartaraf qilish, ' deydi tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Sherzod Ibragimov. ' Mutaxassislarni jalb qilgan holda oilalarning oʻz tomorqasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishi, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishi hamda oila aʼzolari, ayniqsa, xotin-qizlarning kasb-hunar va xorijiy tilni oʻrganishi, ishga joylashishiga koʻmaklashishimiz kerak. Koʻpchilik buni tushunmayapti. Bizga biriktirilgan rahbarlar moddiy taʼminotimizga ham masʼul deb oʻylamoqda. Shu vaqtgacha kam taʼminlanganlarga barcha turdagi moddiy yordamlarni berib boʻldik. Natija oʻzini oqlamadi. Endi boqimandalikni yoʻqotishimiz, fuqarolarni ishlab, mustaqil pul topishga oʻrgatishimiz kerak. Ayni maqsadda ishsizlarni ishga joylashtirish uchun tumandagi 8 ta yirik tadbirkorlik subyekti bilan kelishuvga erishdik. Hunar oʻrganaman, deganlar 3-6 oylik kasbga oʻrgatish kurslariga yoʻnaltirilmoqda.



Tumandagi har bir mahallada oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual reja ishlab chiqilgan. Unda oilaga ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish, sogʻliqni saqlash, uy-joy, bandlik, taʼlim, hatto xulq-atvor yoʻnalishlari ham qamrab olingan. Mazkur rejalarning ijrosi oilalarga biriktirilgan masʼullar tomonidan tahlil qilib borilishi belgilangan.

' Oʻrganish maqsadida koʻp oilalarga kirdik, ' deydi Sherzod Ibragimov. ' Kambagʻal deyilayotganlarning aksariyatida 20-25 sotixdan boʻsh yotgan tomorqa bor. U yerga faqat kam daromadli beda yoki joʻxori ekib olingan. Toʻqsonbosti ekin ekkanlar, issiqxona tashkil qilganlar juda kam. Holbuki, yerdan unumli foydalanilganda, hech kim kambagʻal boʻlmaydi. Lekin bu endi yerga ekinni biz ekib beramiz, hosilini ular oladi, degani emas. Biz faqat jarayonga mutaxassislarni jalb qilib, ularga nima ekish, qanday parvarishlashni oʻrgatishimiz mumkin. Mehnat qilgan yaxshi yashaydi. Ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarmay, bersang yeyman, deganlarga yordam berilmaydi. Subsidiya boqimandalarni koʻpaytiradi. Kredit kambagʻalni yanada faqir, qarzdor qiladi. Harakatda barakat. Buni tushunishimiz kerak.

Gulzor mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvinoz Sattorova tikuvchilik bilan shugʻullanadi. Turmush oʻrtogʻi shu kungacha mavsumiy ishlar bilan band boʻlgan. Yaqinda ishlash uchun xorijga ketibdi. Uyda 3 nafar farzandi bilan qolgan ona hunari ortidan roʻzgʻor tebratmoqda.



' Uyimizga hokim oʻrinbosari bir necha marotaba keldi, ' deydi Sarvinoz Sattorova. ' Oxirgi kelganida kitoblar sovgʻa qildi. Daromadimiz, yashash tarzimizga qiziqdi. Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish, yerdan unumli foydalanish boʻyicha maslahatlar berdi. Erim qaytib kelsa, bu imkoniyatlardan, albatta, foydalanamiz.

Masʼullar fuqaro va uning eriga 3 million soʻm atrofidagi maoshli ish taklif qilyapti. Farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotiga joylashtirish boʻyicha koʻmak beriladi. Uyidan chiqmay dehqonchilik yoki hunarmandchilik qilib, yaxshi daromad qilish ham oʻrgatiladi. Lekin tekinga hech nima berilmaydi.

Sherzod Ibragimovning aytishicha, kambagʻal oilalar bilan yaqindan tanishish davomida asl sharoitini yashirib, Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirib olgan. Amalda 'tagi'da mashinasi va ikki qavatli imorati bor fuqarolar ham aniqlanmoqda. Ular hech bir xijolatsiz haqiqiy ehtiyojmandlarning haqiga koʻz olaytirmoqda. Eng achinarlisi, shundaylar orasida davlat xizmatchilari ham bor. Maʼlumotga koʻra, sentyabr oyida tumandan 6088 ta oila tegishli reyestrga kiritilgan boʻlib, dastlabki oʻrganishlar xulosasiga muvofiq, 1121 ta oila undan chiqarilgan.



Ammo joylarda ayrim 'haybarakallachi' masʼullarning xatti-harakati, odamlar hayotini emas, raqamlarni oʻzgartirishga intilishi ortidan muammolar yuzaga kelmoqda.

Koʻp joyda subsidiya asosida tikuv mashinasi, pishiriq pishirish pechi, motokultivator va yana shu kabi ishlatib daromad topish mumkin boʻlgan vositalar berilmoqda. Toʻgʻri, bu vositalardan samarali foydalanganlar turmushi biroz boʻlsa-da oʻzgaryapti, daromad topyapti. Lekin shu 'yordam'ning oʻzi bilan qogʻozda chiqsa ham amalda kambagʻallikdan chiqmayotgan oilalar koʻp. Ayrim rahbarlar kredit berib, oʻzi kambagʻal insonni yanada qarz botqogʻiga botiryapti.

Davlatimiz rahbari boshlagan ushbu xayrli tashabbus hayotga toʻgʻri tatbiq qilinsa, masʼullar xoʻjakoʻrsinga, deb raqamlar uchun kirishmasa odamlarning hayoti yaxshi tomonga oʻzgaradi. Kambagʻal oilalarning xonadoniga yorugʻlik, dasturxoniga qut-baraka kirib, yurtimiz farovonlik sari yuz tutadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Nov 03:17
 
22
0
xs.uz

Qori Yoʻldosh Poʻlatov nomi abadiylashtiriladimi?

Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. 8-noyabr sanasi buxorolik tarix va madaniyat ixlosmandlari, xususan, muzey xodimlari uchun qadrli. Negaki, bundan roppa-rosa 102'yil muqaddam ' 1922-yilning 8-noyabrida koʻpchilikka hozir Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi nomi bilan yaxshi tanish tabarruk maskanga tamal toshi qoʻyilgan.Eʼtiborlisi, bu 'Buxoro axbori' (hozirgi 'Buxoronoma') gazetasidagi bir xabar orqali tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldi. Shu birgina dalil ham gazetaning oʻrni, ahamiyati necho

01 Nov 21:29
 
26
0
xs.uz

Prezident “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning bir guruh vakillarini mukofotladi

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini ilg'or texnologiyalar va zamonaviy ilm-fan yutuqlari asosida rivojlantirish, ishlab chiqarish barqarorligini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirishga qo'shgan munosib hissasi, strategik'ahamiyatga ega bo'lgan mineral boyliklarni samarali o'zlashtirish, xalqaro andozalarga mos yangi korxonalarni tashkil etish borasidagi katta xizmatlari,'ko'pmillatli mehnat jamoasida do'stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yuqori ma

11 Nov 03:17
 
15
0
xs.uz

Kanallarda yiliga beshta viloyat bir yilda ishlatadigan suv yoʻqotilyapti

Noyabr-mart oylari kanallarni betonlash uchun eng qulay vaqtligi taʼkidlandi. Hali 18 ming kilometr magistral va 94 ming kilometr ichki kanallarni betonlash zarur.Kanallarda yiliga 13 milliard kub metr suv yoʻqotilayapti. Bu ' Andijon, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryoning bir yil ishlatadigan suviga teng.Shu sababli kelgusi yilda betonlashga 800 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.Masʼul idoralarga 66 ta magistral kanal loyihasi va ekspertizasini yakunlab, qurilish ishlarini tez furs

29 Oct 20:49
 
20
0
xs.uz

Saylov jarayonlari davom etmoqda

Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi tashkil etilgan 582-saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari qizghtml5-dom-document-internal-entity2-39-endin davom etmoqda.Saylovchilar soni 2849 ta. Shundan 21 nafar saylovchi muddatdan oldin ovoz bergan. Shu bilan birga 41 nafar birinchi marta ovoz beruvchi yoshlar ishtirok etadi.Foto: Sirojiddin Vohidov / 'Xalq so'zi'