calendar 29 Oct 20:50
eye 18
comments 0
comments Manba: xs.uz

Badiiyat olamiga sayohat

image


Boltaboy BEKMATOV

ARAFA

Bir tantana sodir boʻlajak,

Bir taraddud kezib yuribdi.

Miyigʻida kulimsiragan

Quyosh buni sezib yuribdi.

Novdalarning yuzida sepkil,

Daraxtlar ham bir taraddudda.

Sezilar bir ajib hayajon

Yoʻl chetida, kallakdor tutda.

Nami qochgan toʻnka ustida

Kukulashar bir juft kabutar.

Ana, hovuz ichra favvora

Hozir buyuk sirin fosh etar.

Kezar nedir qilib ovoza,

Tilsiz jarchi bahor yellari.

Sigʻmay ketdi qoʻlqopchalarga

Xonimlarning nozik qoʻllari.

Bir tantana sodir boʻlajak,

Bir taraddud kezib yuribdi.

Miyigʻida kulimsiragan

Quyosh buni sezib yuribdi.



Bek ALI

​​SEN GʻAMGA YOR EDING, MEN SARXUSH EDIM...

​​Sen gʻamga yor eding, men sarxush edim,

Shahar koʻchasiga oqshom quyulgan,

Porlay boshlagandi yulduzlar endi,

Daraxt novdasiga bahor qoʻl urgan,

Yer yuziga goʻyo Xudo bir chimdim

Bola javharidan ruhni yuqtirgan.

' Kim edi? ' oʻtinib soʻrardim sendan.

' Shunday kunda sening ruhing choʻktirgan?..

Sen talqon yutganding, men sarxush edim,

Rangbarang yonardi koʻcha chirogʻi.

Soat oʻn ikkiga bong urib, endi

Soviy boshlagandi poytaxt tuprogʻi.

' Yur! ' dedim. ' Ketaylik! Yur! ' dedim tagʻin,

Ado qilmasidan yuragingni gʻam.

Koʻrdingku, mehrga kelibdi qirgʻin,

Koʻrdingku, yer yuzi toʻla muttaham!

Bu yerlardan butkul ketaylik, jonim,

Hayot boʻlsa kerak axir oyda ham.

Bu cheksizlik axir Uning ayvoni,

Osmon bulut bilan topmagan barham.

Sen mazluma eding, men sarxush edim,

Koʻngilni qitiqlab oʻtardi havo.

Soʻzlasam junjikib ketardi etim,

Junjikib charchadim bu toshlar aro!

Ketaylik, yurgil, ey manglayi shoʻrish,

Yaqinroq boraylik, huv yulduzlarga.

Yerda bunyod boʻlib, oyda jon berish

Qismati bitilgan balki bizlarga!

Sen gʻamga yor eding, begʻam yor edim,

Ovulimni tashlab ketganman begʻam.

Asli javharimiz sazoyi qilib

Yaratilgan boʻlsa, bizlarga ne gʻam!



Masihulloh

QAQNUSLAR SAYRASA...

Qaqnuslar sayrasa,

tomogʻi qonar.

Olam ham yuz burar,

gullar ham tonar.

Nega biz uchrashsak

yanogʻing yonar?

Ey, mening habibim,

ey, mening jonim.

Ey, mening koʻzimga

sigʻmagan tomchi,

Dunyo hotam ekan,

koʻnglim tilamchi.

Men dedim, kulgingdan

kuladi bashar,

Kulgingni podshohlar

quldan talashar.

Meningchi, koʻksimda

iztirob yashar,

Ey, mening rafiqim,

ey, mening jonim.

Bormi, ayt, qarshingda

men kabi gʻarib,

Koʻz osting mashriq-u,

Koʻz usting magʻrib.

Izladim, topmadim

dardimga giyo(h),

Sehriyo degayman

yana Sehriyo!..

Sen Horut, men Morut,

boqmaysan qiyo,

Ey, mening nasibim,

ey, mening jonim.

Dunyoda jamiyki

unsur aldamchi,

Vujuding mulkimdir,

iffating soqchi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:36
 
26
0
postda.uz

Nukusdagi litseyda yangi o‘quv yili boshlandi

Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilariga Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyi direktori M.Utepbergenov, litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ibragimov hamda Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya mayori U.Daubayev ishtirokida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

29 Oct 20:50
 
20
0
xs.uz

Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb

09 Oct 12:40
 
30
0
xs.uz

Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda

Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar

29 Oct 20:50
 
10
0
xs.uz

Atoqli qoraqalpoq shoiri haqida film suratga olinmoqda

Mamlakatimizda buyuk va shonli yoʻlni bosib oʻtgan ajdodlarimiz, ayniqsa, oʻzining boy ijodiy merosi va hayoti bilan xalqimiz qalbiga jo boʻlgan ziyoparvarlar xotirasiga ehtirom koʻrsatish, ular qoldirgan xazinani oʻrganish hamda targʻib qilishga eʼtibor kuchaygani bor gap.Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-iyulda qabul qilingan 'Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligini keng tarzda nishonlash toʻgʻrisida'gi qarorida ham ana shu ez