Atoqli qoraqalpoq shoiri haqida film suratga olinmoqda
Davlatimiz rahbarining joriy yil 16-iyulda qabul qilingan 'Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200-yilligini keng tarzda nishonlash toʻgʻrisida'gi qarorida ham ana shu ezgu maqsad yoʻlidagi muhim vazifalar belgilangan, desak, mubolagʻa emas. Qayd etish joizki, unda bir qator tashabbuslar bilan birga davlat buyurtmasi asosida shoir hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi 'Ajiniyoz' tarixiy, badiiy-publitsistik filmini yaratish ham koʻzda tutilgan edi.
Shu munosabat bilan kuni kecha 'Qoraqalpoqfilm' ijodkorlari tomonidan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining talabalik davri oʻtgan tarixiy manzil ' Xiva shahrida tasvirga olish jarayonlari boshlandi. Maʼlumki, turkman shoiri Maxtumquli, qozoq mutafakkiri Beket ota va boshqa ulugʻlar singari Ajiniyoz ham Ichan qalʼadagi Shergʻozixon madrasasida tahsil olgan.
' Taniqli adib Muratboy Nizanov ssenariysi asosida tasvirga olinayotgan ushbu filmdagi shoir siymosi isteʼdodli aktyorlar Armon Barakov va Koʻpyursin Allanazarovlar tomonidan gavdalantirilmoqda, ' deydi film bosh rejissyori Qudrat Otajonov. ' Biz tasvir jarayonlarini amalga oshirayotgan manzildagi Shergʻozixon madrasasi, Jomye masjidi va boshqa tarixiy obidalar koʻrinishlari hech shubhasiz, film mazmun-mohiyatini batafsil va jozibador tarzda ochib berishga xizmat qiladi.
Mazkur jarayonlarda kinoijodkorlarga Ichan qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi, Xorazm viloyat qoʻgʻirchoq teatri, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Xorazm filiali jamoalari ham yaqindan koʻmak berishmoqda.
Otabek ISMOILOV,
jurnalist.
Nukusdagi litseyda yangi o‘quv yili boshlandi
Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan 1-kurs o‘quvchilariga Nukus Temurbeklar harbiy akademik litseyi direktori M.Utepbergenov, litsey direktori o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Ibragimov hamda Nukus harbiy prokurori yordamchisi adliya mayori U.Daubayev ishtirokida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Poytaxtimizda madaniy meros haftaligi boshlandi
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'.'Soʻnggi yillarda mamlakatimiz, ayniqsa, poytaxtimiz azim Toshkent tobora xalqaro madaniy muloqotlar maydoniga aylanib borayotgani ayni haqiqat. 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining anjumanlar zalida 'Sharq renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar' mavzusidagi xalqaro anjuman bilan oʻz ishini boshlagan madaniy meros haftaligi ushbu xayrli va ezgu tashabb
Xalqchil va dilbar shoir yodi hamisha qalblarda
Rahmatjon BOBOJONOV/'Xalq soʻzi'. Poytaxtimizdagi 'Turkiston' sanʼat saroyida xalqimizning suyukli farzandi, sheʼr-u bitiklari 'qanotli qoʻshiq'larga aylangan ijodkor, Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70-yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.Unda shoirning oila aʼzolari, yaqinlari, doʻstlari va shogirdlari, yozuvchi-shoirlar, sanʼat namoyandalari, talaba yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Nazm-u navo kechasidan avval qatnashchilar
Turkiyalik olim Aziz Sanjar Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotga sazovor boʻldi
Ajdodlarimiz umumbashariy madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyotiga naqadar ulkan hissa qoʻshgani hammamizga yaxshi maʼlum. Ular orasida shunday bir ulugʻ zot borki, u oʻzining bebaho adabiy, ilmiy asarlari, ularda ilgari surgan sermazmun gʻoyalari bilan asrlar osha yashab, tafakkur va koʻngil bogʻlarini yashnatib kelmoqda. Bu, albatta, ulugʻ shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiydir.Uning avlodlarga qoldirgan mislsiz xazinasini oʻqib-oʻrganish, targʻib etish, nomini abadiyl