calendar 29 Oct 20:49
eye 17
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tijorat banklari: Kredit mablagʻi va yangi ish oʻrinlari

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Surxondaryoda joriy yilda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratilgan. Buning evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan.

Surxondaryo viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi masʼullari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklarning viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Matbuot uyida tashkil etilgan anjumanda markaziy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.



Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Zaxriddin Toʻrayev boshqargan yigʻilishda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan eʼtibor hayotimizning barcha jabhalarida yangilanish va tub oʻzgarishlarga zamin hozirlaganini alohida taʼkidladi.

' Iqtisodiy islohotlar samarasi yurtdoshlarimiz hayotidagi oʻzgarishlarda namoyon boʻlmoqda, ' deydi viloyat hokimining matbuot kotibi Murodbek Davlatov. ' Birgina viloyatimiz misolida aytadigan boʻlsak, barcha sohalarida muhim oʻzgarishlar yuz berib, aholining yashash va ishlash sharoiti rivojlanib bormoqda. Hududlar infratuzilmasi kun sayin oʻzgaryapti, ravon yoʻllar, ijtimoiy obyektlar aholiga qulayliklar yaratmoqda. Bunda, albatta, tijorat banklarining ham hissasi katta. Buni joriy yilning 9 oyida hududlardagi tijorat banklari barcha moliyalash manbalari hisobidan 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratib, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarni qoʻllab-quvvatlaganidan, shuningdek, ajratilgan kreditlar evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganidan ham bilish mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda viloyatda 13 ta tijorat banki va ularning 16 ta filiali, 98 ta minibank hamda bank xizmatlari koʻrsatish markazlari, 96 ta barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatuvchi ofislar faoliyat yuritmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻproq qoʻshimcha qulaylik yaratish uchun joylarda 10 ta aholi toʻlovlarini qabul qiluvchi maxsus kommunal jamgʻarma kassalari tashkil etilgan. Shuningdek, hududda 4 ta lombard va 2 ta mikromoliyalash tashkiloti mijozlarga ishonchli xizmat koʻrsatmoqda.



' Joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻining 2 trillion 632 milliard soʻmi kichik biznes subyektlariga yoʻnaltirildi, ' deydi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi Azamat Rajabov. ' Bu mablagʻning 811 milliard 465 million soʻmi sanoatni, 737 milliard 756 million soʻmi qishloq xoʻjaligini, 503 milliard 959 million soʻmi savdo va umumiy ovqatlanishni, 301 milliard 100 million soʻmi qurilishni, 69 milliard 854 million soʻmi maishiy va xizmat koʻrsatishni, 48 milliard 295 million soʻmi transport va aloqa tarmogʻini, 160 milliard 395 million soʻmi boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Dasturlar doirasida jami 43 ming 908 nafar aholi va tadbirkorlik subyektiga 1 trillion 3 milliard soʻmlik kredit mablagʻi ajratildi.

Anjumanda Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Matbuot anjumanidan soʻng tadbir ishtirokchilari uchun Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasiga press-tur tashkil etildi. Qatnashchilar u yerda mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari va 'Surxon Sendvich' masʼuliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 30 ming tonna boʻlgan bazalt mineral toshidan issiqlik saqlovchi qoplama ishlab chiqarish loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
25
0
xs.uz

Dollar kursi koʻtarilib, rekord chizigʻini bosib oʻtdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,05'soʻmga oshdi va'12 827,90'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'32,75'soʻmga tushib,'13'832,32'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,10'soʻmga pastlab,'132,85'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:36
 
41
0
postda.uz

Ogohlik

Jizzax shahridagi Sambhram universitetida terrorizm va ekstremizm oqibatlaridan talabalarni ogoh etish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu jarayonda viloyat IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan terrorizm va ekstremizm tahdidlari, mazkur turdagi jinoyatlarni sodir etganlarga nisbatan belgilanadigan jazolar, buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etish usullari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi. Alijon ABDUSATTOROV,“Postda” muxbiri.

29 Oct 20:49
 
23
0
xs.uz

Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan orti

09 Oct 12:36
 
34
0
postda.uz

SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA

Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota