calendar 29 Oct 20:49
eye 21
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tijorat banklari: Kredit mablagʻi va yangi ish oʻrinlari

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Surxondaryoda joriy yilda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratilgan. Buning evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan.

Surxondaryo viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi masʼullari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklarning viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Matbuot uyida tashkil etilgan anjumanda markaziy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.



Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Zaxriddin Toʻrayev boshqargan yigʻilishda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan eʼtibor hayotimizning barcha jabhalarida yangilanish va tub oʻzgarishlarga zamin hozirlaganini alohida taʼkidladi.

' Iqtisodiy islohotlar samarasi yurtdoshlarimiz hayotidagi oʻzgarishlarda namoyon boʻlmoqda, ' deydi viloyat hokimining matbuot kotibi Murodbek Davlatov. ' Birgina viloyatimiz misolida aytadigan boʻlsak, barcha sohalarida muhim oʻzgarishlar yuz berib, aholining yashash va ishlash sharoiti rivojlanib bormoqda. Hududlar infratuzilmasi kun sayin oʻzgaryapti, ravon yoʻllar, ijtimoiy obyektlar aholiga qulayliklar yaratmoqda. Bunda, albatta, tijorat banklarining ham hissasi katta. Buni joriy yilning 9 oyida hududlardagi tijorat banklari barcha moliyalash manbalari hisobidan 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratib, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarni qoʻllab-quvvatlaganidan, shuningdek, ajratilgan kreditlar evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganidan ham bilish mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda viloyatda 13 ta tijorat banki va ularning 16 ta filiali, 98 ta minibank hamda bank xizmatlari koʻrsatish markazlari, 96 ta barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatuvchi ofislar faoliyat yuritmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻproq qoʻshimcha qulaylik yaratish uchun joylarda 10 ta aholi toʻlovlarini qabul qiluvchi maxsus kommunal jamgʻarma kassalari tashkil etilgan. Shuningdek, hududda 4 ta lombard va 2 ta mikromoliyalash tashkiloti mijozlarga ishonchli xizmat koʻrsatmoqda.



' Joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻining 2 trillion 632 milliard soʻmi kichik biznes subyektlariga yoʻnaltirildi, ' deydi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi Azamat Rajabov. ' Bu mablagʻning 811 milliard 465 million soʻmi sanoatni, 737 milliard 756 million soʻmi qishloq xoʻjaligini, 503 milliard 959 million soʻmi savdo va umumiy ovqatlanishni, 301 milliard 100 million soʻmi qurilishni, 69 milliard 854 million soʻmi maishiy va xizmat koʻrsatishni, 48 milliard 295 million soʻmi transport va aloqa tarmogʻini, 160 milliard 395 million soʻmi boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Dasturlar doirasida jami 43 ming 908 nafar aholi va tadbirkorlik subyektiga 1 trillion 3 milliard soʻmlik kredit mablagʻi ajratildi.

Anjumanda Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Matbuot anjumanidan soʻng tadbir ishtirokchilari uchun Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasiga press-tur tashkil etildi. Qatnashchilar u yerda mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari va 'Surxon Sendvich' masʼuliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 30 ming tonna boʻlgan bazalt mineral toshidan issiqlik saqlovchi qoplama ishlab chiqarish loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
40
0
xs.uz

Bozorda arzonchilik: xaridorga maza, dehqonga-chi?!

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Ota-bobolarimizda dehqonchilik boʻlsa chilik-chilik, boʻlmasa qimmatchilik, degan ibora bor. Haqiqatan ham dehqonchilik bir oʻxshab qolsa, qirq yillik qarzni uzadi. Aks holda dehqonning unga sarflagan xarajati puli chiqmasligi ham hech gap emas.Ammo keyingi yillarda dehqonchilikka ham ilm-fan, innovatsiya kirib keldi. Endilikda yerga ekin ekadigan hamyurtimiz shunchaki tabiat tasodiflari oldida magʻlub boʻlishni istamaydi. Aql bilan, bozor talabi va ehtiyoji a

29 Oct 20:49
 
17
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'7,72'soʻmga tushdi va'12 808,39'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'26,25'soʻmga oshib,'13'862,52'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,23'soʻmga pastlab,'132,63'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
46
0
xs.uz

Yozyovon moshi Xitoyga eksport qilinmoqda

Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Markaziy Fargʻona hududida joylashgan Yozyovon tumanida keyingi yillarda eksportbop, jahon bozorida xaridorgir mahsulotlar yetishtirish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilmoqda.Bu borada asosiy maqsad aholining doimiy daromad manbaini oshirish hamda kambagʻallikni qisqartirishga qaratilayotgani eʼtiborga loyiq.Erta bahorda tuman hokimligi tashabbusi bilan qishloq xoʻjaligi ekini ' moshni Xitoyga eksport qilish bilan shugʻullanuvchi 'Besoft Export' MC

09 Oct 12:40
 
30
0
xs.uz

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi

Qayd etish joiz, Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan beri o'smoqda ' iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentyabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma'lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko'rsatkich hisoblanadi.Shuningdek, o'tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga (8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha) oshgan. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi esa o'zgarishsiz qolmoqda ' 1