calendar 29 Oct 20:49
eye 25
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tijorat banklari: Kredit mablagʻi va yangi ish oʻrinlari

image
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Surxondaryoda joriy yilda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratilgan. Buning evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan.

Surxondaryo viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi masʼullari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklarning viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Termiz shahridagi Matbuot uyida tashkil etilgan anjumanda markaziy hamda mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.



Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Zaxriddin Toʻrayev boshqargan yigʻilishda soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bank-moliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, tadbirkorlik rivojiga qaratilayotgan eʼtibor hayotimizning barcha jabhalarida yangilanish va tub oʻzgarishlarga zamin hozirlaganini alohida taʼkidladi.

' Iqtisodiy islohotlar samarasi yurtdoshlarimiz hayotidagi oʻzgarishlarda namoyon boʻlmoqda, ' deydi viloyat hokimining matbuot kotibi Murodbek Davlatov. ' Birgina viloyatimiz misolida aytadigan boʻlsak, barcha sohalarida muhim oʻzgarishlar yuz berib, aholining yashash va ishlash sharoiti rivojlanib bormoqda. Hududlar infratuzilmasi kun sayin oʻzgaryapti, ravon yoʻllar, ijtimoiy obyektlar aholiga qulayliklar yaratmoqda. Bunda, albatta, tijorat banklarining ham hissasi katta. Buni joriy yilning 9 oyida hududlardagi tijorat banklari barcha moliyalash manbalari hisobidan 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratib, tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarni qoʻllab-quvvatlaganidan, shuningdek, ajratilgan kreditlar evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilganidan ham bilish mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, ayni paytda viloyatda 13 ta tijorat banki va ularning 16 ta filiali, 98 ta minibank hamda bank xizmatlari koʻrsatish markazlari, 96 ta barcha turdagi bank xizmatlarini koʻrsatuvchi ofislar faoliyat yuritmoqda. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻproq qoʻshimcha qulaylik yaratish uchun joylarda 10 ta aholi toʻlovlarini qabul qiluvchi maxsus kommunal jamgʻarma kassalari tashkil etilgan. Shuningdek, hududda 4 ta lombard va 2 ta mikromoliyalash tashkiloti mijozlarga ishonchli xizmat koʻrsatmoqda.



' Joriy yilda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit mablagʻining 2 trillion 632 milliard soʻmi kichik biznes subyektlariga yoʻnaltirildi, ' deydi Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshligʻi Azamat Rajabov. ' Bu mablagʻning 811 milliard 465 million soʻmi sanoatni, 737 milliard 756 million soʻmi qishloq xoʻjaligini, 503 milliard 959 million soʻmi savdo va umumiy ovqatlanishni, 301 milliard 100 million soʻmi qurilishni, 69 milliard 854 million soʻmi maishiy va xizmat koʻrsatishni, 48 milliard 295 million soʻmi transport va aloqa tarmogʻini, 160 milliard 395 million soʻmi boshqa yoʻnalishlarni rivojlantirishga yoʻnaltirildi. Dasturlar doirasida jami 43 ming 908 nafar aholi va tadbirkorlik subyektiga 1 trillion 3 milliard soʻmlik kredit mablagʻi ajratildi.

Anjumanda Prezidentimizning tegishli qarorlari asosida amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi.

Matbuot anjumanidan soʻng tadbir ishtirokchilari uchun Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasiga press-tur tashkil etildi. Qatnashchilar u yerda mijozlarga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari va 'Surxon Sendvich' masʼuliyati cheklangan jamiyatining yillik quvvati 30 ming tonna boʻlgan bazalt mineral toshidan issiqlik saqlovchi qoplama ishlab chiqarish loyihasi bilan ham yaqindan tanishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
25
0
xs.uz

Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan orti

29 Oct 20:49
 
27
0
xs.uz

Bu yil qalampir eksporti barakali boʻladi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Respublikamizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit oʻz samarasini bermoqda. Jumladan, Xitoyning 'Xinjiang Tian jiao Hong an Agricultural' qoʻshma korxonasi tomonidan ekilgan qalampir mahsulotini yigʻib olish mavsumi boshlandi. Buning uchun erta bahordan 400 nafar ishchilar samarali mehnat qilmoqda.' Andijon viloyatining Jalaquduq va Oltinkoʻl tumanlaridagi 600 gektardan iborat maydonda 29 mln. dollarlik loyiha asosida 4 xil navdan iborat qalamp

29 Oct 20:49
 
24
0
xs.uz

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati uzaytirildi

Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan.Unga koʻra:Bunda

09 Oct 12:40
 
39
0
xs.uz

Quyosh panellari daromad keltirmoqda

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Energiya samaradorligini oshirish boʻyicha Samarqand viloyati hududlarida amaliy ishlar olib borilmoqda. Aholi va ijtimoiy soha obeʼktlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan taʼminlash maqsadida viloyatdagi tijorat banklari tomonidan 2023-2024-yilllar davomida 1 779 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga muqobil energiya vositalarini sotib olish uchun 157 464 million soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan. Jumladan, 1 426 nafar fuqaroga 40 010 million