Yosh xodimlar uchun saylovning aralash tizimi boʻyicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti 'Huquqiy fanlar' kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari doktori (DCc), 'Maʼrifat' targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Jaloliddin Yusubov saylovlar va islohotlar haqida umumiy maʼlumot berib oʻtib, 2024-yilgi saylovlarda ilk marotaba aralash saylov tizimidan foydalanilishiga alohida toʻxtaldi.
Bu tizimda Qonunchilik palatasi deputatlarining 50 foizi bir mandatli saylov okruglaridan majoritar tizim boʻyicha, qolgan 50 foizi esa partiya roʻyxatiga proporsional vakillik orqali saylanishi nazarda tutilishi aytib oʻtildi.
Maʼruzachi 'E-saylov' axborot tizimi imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berib, tadbir ishtirokchilarining barcha savollariga batafsil javob berib oʻtdi.
Prezidentning Oliy Majlis Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisidagi farmoni eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniOʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 75-moddasiga muvofiq:Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli ' Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktoriYoʻlchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna ' Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professoriKoʻchimov Abdusaid Koʻchimovich ' Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktoriRafiqov Qudratilla M
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga tashrif buyuradi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Prezident 7'8-oktyabr kunlari Moskvada boʻladi.Davlatimiz rahbari MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.
Madaniyatlarimiz uzviy, qadriyatlarimiz hamohang
Mirishkor tumanining Jeynov mahallasi nafaqat tuman yoki viloyat, balki mamlakatimiz miqyosidagi eng nomdor mahallalardan biri sanaladi. Bu maskanda mamlakatimizdagi arab diasporasi vakillarining eng katta guruhi yashaydi. Ular orasidan koʻplab davlat va jamoat arboblari, mashhur olimlar, ijodkorlar yetishib chiqqan. Oʻzbekiston Qahramoni Murodilla Saidov ham mahallamizning faxri hisoblanadi.Mahallamizda 1991-yilda Arab milliy madaniy markazi tashkil etilgan boʻlib, bu markaz millatimizning o
Ayrim tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi
Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanalida xabar berildi. Qonun bilan yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ragʻbatlantirish choralari joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda: - yuqori barqarorlik reytingiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliqlar boʻyicha (bundan QQS mustasno) ortiqcha toʻlangan summa