calendar 29 Oct 20:48
eye 6
comments 0
comments Manba: xs.uz

Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan “zapravka” aniqlandi

image
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida joylashgan metan zapravkada 8,6 mlrd so'mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda 'O'zenergoinspeksiya' axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 'O'zenergoinspeksiya' Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirida 'R.G.M.' MChJga qarashli avtomobillarga gaz to'ldirish kompressor shoxobchasida elektr hisoblagich ko'rsatgichlarini kamaytirish maqsadida ulanish sxemasiga tashqi ta'sir ko'rsatilgani ma'lum bo'lgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra elektr ta'minoti korxonasiga 8 mlrd 677 mln so'mlik zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
26
0
xs.uz

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat oʻtkazish vakolati beriladi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi.Unga koʻra, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025-yil 1-dekabrga qadar 1 000 ta, 2026-yilda 2 000 ta qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda kichik ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.'Ishga marhamat' monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari negizida kasbiy koʻnikmalar markazlari ta

03 Sep 21:35
 
37
0
xs.uz

Prezident ikki karra Paralimpiya chempioni Bobur Omonovga qoʻngʻiroq qildi

Kecha Parijdagi Paralimpiya oʻyinlarining navbatdagi kunida hamyurtimiz Bobur Omonov yadro uloqtirish bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bugun sportchimiz bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra Paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor boʻlgani hamda 2021-yilda oʻzi oʻrnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan dildan qutlab, ushbu natija Oʻzbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea boʻlganini

09 Oct 12:39
 
22
0
xs.uz

Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi

'Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuriti

09 Oct 12:39
 
31
0
xs.uz

Surxondaryo viloyati mahalla uyushmasiga boshliq tayinlandi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Abduraimov Saydulla Berdishukurovich Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.S.Abduraimov 1980-yilda Angor tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Termiz davlat universitetini, 2010-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi ' matematika, yurisprudensiya.Mehnat faoliyati davomida IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va 'Vatanparvar' tashkiloti