Qahramonimiz Komila Joʻrayeva har safar farzandlarini qanday qiyinchiliklar bilan voyaga yetkazganini oʻylasa, bugungi dorilamon kunlari uchun behisob shukrona aytadi.
Bolalikda uning ham orzulari koʻp edi. Oʻqituvchi boʻlishga havasi bor. Goho oʻzini oq xalatli shifokor tasavvur qilardi. Biroq hayot sinovlari barchasini oʻzgartirib yubordi. Oila... Farzandlar tarbiyasi... Turmush qiyinchiliklari... Axir, yetti nafar farzandni tarbiyalab, oyoqqa qoʻyishning oʻzi boʻlmaydi-ku!
Mahallaga moddiy yordam soʻrab borsa, qaytarib yuborgan. Oʻz uyi boʻlmagani uchun ijarada yashardi. Ijara pulini vaqtida toʻlolmagani sababli uydan ham chiqarib yuborishadi. Chorasizlikdan yoʻl chetida kapa tikib, bolalari bilan shu joyda yashadi.
Oyning oʻn beshi qorongʻi, oʻn beshi yorugʻ, deb bekorga aytilmagan. Shunday ogʻir kunlarning birida tuman Obodonlashtirish boʻlimi tomonidan, 'Boʻlimga qarashli ozroq tashlandiq yer bor, shundan foydalanasizmi', degan taklif boʻladi. U tashlandiq yerga mehrini berib, mehnat qildi. Asta-sekinlik bilan roʻzgʻorini tiklay boshladi. Ammo hali ham yashash joyi boʻlmagani uchun kapa uning boshpanasi boʻlib xizmat qilardi.
Oʻsha paytda Zarbdor tumani hokimi boʻlib ishlagan Oybek Ashirmatov kelib, yetti farzandiga bosh boʻlib, halol va zahmatli mehnati ortidan kun kechirayotgan Komila Joʻrayevaning sharoiti bilan yaqindan tanishadi. 'Shu qizga kafil boʻlaman, oʻn million soʻm kredit mablagʻi ajratib beringlar! Toʻlay olmasa, oʻrniga oʻzim toʻlayman!', deydi mutasaddilarga...
Ana shu voqeadan soʻng uning hayotida tub burilish yuz berdi. Omad bir kelsa ketma-ket kelar ekan. Tuman xotin-qizlar boʻlimi rahbari ehtiyojmand, kam taʼminlangan ayollar uchun alohida uy qurilayotgani, unga ham ikki xonali uy ajratilishini aytganda ishonmagan edi. Oradan koʻp vaqt oʻtmay uyli ham boʻldi. Ishlari ham tobora yurishib, issiqxona qurdi. 30 sotix yerni bogʻ qildi. Bugun bogʻida mevalarning eng sarxillari yetishtirilyapti. Shaftolining ikki-uch, oʻrikning yetti-sakkiz, olmaning oʻn besh, uzumning besh xil turi bor.
Eng quvonarlisi, farzandlari nufuzli oliy taʼlim maskanlarida ilm olyapti. Halol mehnati bilan topgan pullariga uchta mashina sotib oldi. Ilgarilari oʻzi mahalladan moddiy yordam soʻragan boʻlsa, endi ehtiyojmand oilalarga homiylik qilyapti. Eng muhimi, u oʻz faoliyati davomida oʻttiz besh kishini doimiy ish bilan taʼminladi.
Komila Joʻrayeva oʻtgan yili 'Yil ayoli' tanlovining respublika bosqichida qatnashib, 'Yilning eng jonkuyar ayoli' nomiga munosib koʻrildi.
' Bularning barchasi mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar samarasi, ' deydi u gʻurur bilan. ' Maqsadim ' xalq farovonligi, dasturxonimiz toʻkinligi uchun hissa qoʻshish, koʻplab ish oʻrinlari yaratishdan iborat.
Bugungi kunda Komila Joʻrayeva Zarbdor tumanining Nurobod mahallasida istiqomat qiladi. 'Zirapcha' MCHJ rahbari. 35 nafar doimiy ishchisi bor. Ish hajmi va mavsumga qarab, ular soni uch-toʻrt barobargacha ortadi.
Gulga mehr qoʻygan Komila xonaki gullarning 300, ochiq maydonlarga ekiladigan gullarning 200 xildan ziyodini yetishtiryapti. Bundan tashqari gul, har xil koʻkat va rezavorlarning urugʻini qadoqlab, savdo qilishni yoʻlga qoʻygan. Issiqxonalar sonini esa 3 taga yetkazdi.
Tadbirkor shu bilan qanoatlanib qolgani yoʻq. Gulchilik, koʻchatchilikdan tashqari endilikda parrandachilik, chorvachilik sohalarida ham oʻzini sinab koʻrmoqda. Kelgusi yildan quruq mevalarni qadoqlab sotishni yoʻlga qoʻymoqchi. 100 million soʻm kredit asosida yana 5 gektar yer maydoni oldi.
Demak, tadbirkorlik yanada kengayadi, 'Zirapcha'ning ishlari tobora yuksalib boraveradi. Shuning barobarida, yana qanchadan-qancha yurtdoshlarimizning roʻzgʻoriga baraka kiradi.
Tijorat banklari: Kredit mablagʻi va yangi ish oʻrinlari
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Surxondaryoda joriy yilda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslarga 6 trillion 134 milliard soʻm kredit mablagʻi ajratilgan. Buning evaziga 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan.Surxondaryo viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi masʼullari, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, tijorat banklarning viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.Te
Yarmarkada 250 milliard soʻmlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'.'Termiz tumanidagi 'Termiz xalqaro savdo markazi' erkin savdo zonasida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi oʻtkazilmoqda.Yarmarka Surxondaryo viloyati hokimligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Raqamli transformatsiya markazi, Oʻzbekiston qurilish materiallari sanoat korxonalari uyushmasi hamda 'Oʻzkimyosanoat' uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan.Unda mamlakatimizning beshta yirik tarmoq korxonasi hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan 200 dan orti
Oʻzbekistonda dollar kursi tushishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,95 soʻmga tushdi va 12 784,97 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 5,65 soʻmga tushib, 13 830,78 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,31 soʻmga pastlab, 131,45 soʻmni tashkil qildi.
SНOGIRDLAR ARDOG‘IDA
Adhambek Mamadaliyev 1974-yilda Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi kichik inspektori lavozimida xizmatni boshlagan. Xizmat bilan barobar Andijon davlat universitetini tamomlagan. Keyingi faoliyatini viloyat IIB jinoyat qidiruv bo‘limida davom ettirib, Baliqchi va Andijon tumanlarida xizmat qilgan. Mayor unvoni bilan 1996-yilda pensiyaga chiqqan lavhamiz qahramoni rafiqasi Shahzodaxon aya bilan birga uch nafar farzandni voyaga yetkazdi. To‘ng‘ich o‘g‘il Nuriddin – ota