calendar 26 Jul 16:08
eye 74
comments 0
comments Manba: xs.uz

104-yillik futbol klubi inqirozga uchradi. Klub 6 karra Fransiya chempioni hisoblanadi

image
Maʼlum boʻlishicha, 1920-yilda tashkil topgan 'Bordo' 1937-yildan beri birinchi marta professional maqomga ega boʻlmaydi. Klub 2021-yilda uning amerikalik egalari ' 'King Street' moliyaviy yordam berishni toʻxtatgach, bankrotlik yoqasiga kelib qolgan edi. 'Bordo'ning Liga 1 (Fransiya oliy futbol ligasi)ga qayta olmagani uni yanada qiyin ahvolga solib qoʻydi.

Professional maqomidan voz kechishi natijasida klub barcha futbolchilar va xodimlar bilan amaldagi shartnomalarni bekor qilishga majbur boʻladi. Oʻyinchilar erkin agentga aylanishadi, bu ularga istalgan boshqa klub bilan shartnoma imzolash imkonini beradi.

'Bordo' 6-marta ' 1949, 1983, 1984, 1986, 1998 va 2009-yillarda Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritgan. Kelgusi hafta 'Bordo' klubi ustidan sudda ayrim masalalar koʻrib chiqiladi. Bu yanada qiyin muammolarni boshlab kelishi mumkin.

Avvalroq, Fransiyada oʻtkazilayotgan Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtganligi haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 19:00
 
87
0
qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazilgan Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi. 25 yoshli To‘xtamurodov mezbon sportchi Andrey Mixaylovni birinchi raunddayoq bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi. Shunday qilib, To‘xtamurodov faoliyatidagi 8-g‘alabasini tantana qildi. Uning raqibi esa faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

29 Jul 12:02
 
96
0
qalampir.uz

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi. Keldiyorova finalda k

27 Jul 14:39
 
84
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun O‘zbekiston Misr bilan kuch sinashadi

Bugun, 27 iyul kuni Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslarida 2-tur uchrashuvlari boshlanadi. “C” guruhida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib boradi. Musobaqaning 1-turida Temur Kapadze shogirdlari Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobidagi imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Misr vakillari Dominikan bilan durangga imzo chekkandi. Bugungi uchrashuvda har ikki jamoaga 3 ochko suv va havodek zarur. Guruhning ikkinchi

24 Aug 17:27
 
17
0
xs.uz

Krishtianu Ronaldu Saudiyada jazoga tortilishi mumkin

Gap shundaki, Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida 'Al-Nasr' 'Al-Hilol'ga qarshi bahs olib bordi va 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. Ar-Riyod klubi hisobidagi yagona golni Ronaldu oʻz nomiga gol yozdirib qoʻydi.Musobaqaning taqdirlash marosimida magʻlub jamoaning portugaliyalik 39 yoshli futbolchisi ikkinchi oʻrin uchun beriladigan medalni taqishni rad etgan.Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi boʻlimida Krishtianu jamoadoshlarini 'uxlayotganlikda' ayblab, imo-ishora qilgani ham futbolchinin