calendar 26 Jul 10:21
eye 54
comments 0
comments Manba: xs.uz

Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)

image
'A' guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi ' 2:1.



'B' guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni tenglashtirdi. Ayni shu holat marokashlik muxlislarni jazavaga keltirdi va ular maydonga chiqib ketishdi. Oʻyin toʻxtatildi. Jamoalar esa bir soatdan keyin maydonga qaytishdi va qolgan daqiqalarni oʻynab qoʻyishdi. Bu orada VAR tizimi yordamida gol bekor qilindi va gʻalaba afrikaliklar tomonida qoldi ' 2:1.



Ushbu guruhdagi Iroq Ukraina bahsida 2:1 hisobida qitʼadoshlarimiz gʻalaba qozondi.

Biz uchun ahamiyatli boʻlgan 'C' guruhida Oʻzbekiston Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda 2:1 hisobida yevropaliklar gʻalaba qozondi. Toʻrtlikdagi ikkinchi oʻyinda Misr va Dominikan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.



'D' guruhida esa Yaponiya Paragvayni 5:0 hisobida tor-mor keltirdi. Isroil va Mali oʻrtasidagi oʻyinda esa gʻolib aniqlanmadi ' 1:1.



Birinchi turdan soʻng yaponiyalik Syunsuke Mito va Shota Fudzio toʻpurar boʻlib oldi. Hozirda bu ikki futbolchi hisobida ikkitadan gol bor.

Avvalroq, 2023-yilda qishki Olimpiada qaysi shaharda oʻtkazilishi aniq boʻlgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya