calendar 21 Jul 09:59
eye 76
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyada deputatning boshini yorgan o‘zbekistonlik bir yarim oyga qamaldi (video)

image

Avvalroq, bir to‘da muhojirlar Rossiyaning Samara shahrida Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyevni kaltaklagani, shuningdek, janjal ishtirokchilari orasidan o‘zbekistonlik yigit qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan o‘zbekistonlikka nisbatan 1 oy-u 29 kun qamoqqa olish ehtiyot chorasi belgilandi. Bu haqda “GTRK SAMARA” Telegram-kanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarada Davlat Dumasi deputati mashina haydab ketayotganida derazadan yigitlar o‘rtasidagi mushtlashuvga ko‘zi tushgan. U mashinadan tushib, mushtlashuvni to‘xtatishga uringan. Oqibatda deputat og‘ir jarohat olgan, jumladan, bosh qismi shikastlangan. Deputatga ko‘ra, unga dubinka bilan hujum qilishgan.

Qo‘lga olingan shaxslardan biri 2004 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi M.M ekani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan sud jarayoni olib borilib, unga nisbatan 1 oy-u 29 kunga qamoqqa olish ehtiyot chorasi belgilandi. Ammo sud jarayonida M.M. bo‘lib o‘tgan voqeaga aloqador emasligini ta’kidlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
31
0
qalampir.uz

Qoraqalpog‘istonda hokim o‘rinbosari javobgarlikka tortildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani hokimi o‘rinbosari MCHJ rahbari “Tadbirkor virtual ofisi” orqali yo‘llagan murojaatni bir oydan ortiq vaqt o‘tgandan keyin ko‘rib chiqqani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman xabar berdi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasida murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari va qaror qabul qilish tartibi tasd

18 Jul 21:47
 
68
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov rafiqalari bilan birga konsertda ishtirok etdilar

Ikki mamlakat sanʼat ustalarining ushbu konserti chuqur tarixiy ildizlar bilan bogʻlangan, dini bir, qadriyat va anʼanalari mushtarak oʻzbek va qirgʻiz xalqlarining koʻp asrlik doʻstligi ifodasi boʻldi.Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yetakchilarining irodasi va saʼy-harakatlari tufayli qardosh xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi.Isteʼdodli sanʼatkorlar ijro etgan kuy-qoʻshiqlarda xalqlarimiz madaniyatining b

17 Jul 10:51
 
89
0
xs.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi

Tahlillar koʻrsatishicha, 2024-yilning birinchi olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaydi, sanoat ' 7,8 foizga, qurilish ' 10,1 foizga, xizmatlar ' 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi ' 3,8 foizga oʻsdi.Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foizga oʻsdi.Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga yetdi. Bu ' oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 94 trillion soʻmga koʻp.Birinchi yarim yillikda jami kapital quyilmalar 229

15 Jul 12:03
 
98
0
qalampir.uz

Raqobat qo‘mitasi poyezddagi noqulayliklarni nazoratga olganini e’lon qildi

Avvalroq, bir nechta o‘zbek san’atkorlari yo‘lovchi poyezdning sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, tom qismidan qum tushib, nafas olishga xalal berayotganidan shikoyat qilgandi. Raqobat qo‘mitasi hozirda ushbu vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Bildirilishicha, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bu holatlarni o‘rganish va aniqlik kiritish bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJga tegi