calendar 17 Jul 16:15
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sadir Japarov ertaga O‘zbekistonga keladi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

"O‘zaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadi, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

Bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda O‘zbekistonda biznes forumi, rektorlar forumi, Qirg‘iziston madaniyati kunlari va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 22:32
 
120
0
qalampir.uz

Samarqandga uchib kelgan samolyotda portlovchi modda bor, deb aldagan shaxs qo‘lga olindi

“Samolyotda portlovchi modda bor” deb aytgan aviareys yo‘lovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Bildirilishicha, joriy yilning 15 iyul kuni soat 03:15 da Ichki ishlar organlariga “Domodedovo-Samarqand” yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. mast holatda ushbu bortda xizmat olib borayotgan styuardessalarga “samolyotda portlovchi modd

26 Jul 10:21
 
47
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Fransiyadagi yangi elchisi ish boshladi

Gʻaniyev 52 yoshda, Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharqshunoslik fakultetini bitirgan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida ishlamoqda.Yangi elchi dastlab Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Keyinchalik Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi Muvaqqat ishlar vakili boʻlib ishlagan. 2018-2023-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. 2023-yil oktyabr oyid

17 Jul 12:08
 
70
0
xs.uz

Barcha hokim va soliqchilar qatʼiy ogohlantirildi: tadbirkorga ortiqcha toʻlov qildirgan masʼullar jazolanadi

Bu yilgi byudjetda belgilangan tushum prognozini taʼminlash masalalari koʻrib chiqildi.Mutasaddi rahbarlar ikkinchi yarim yillik uchun tushum soʻzsiz taʼminlanishi shartligi haqida ogohlantirildi.Shu bilan birga, tuman hokimlari va soliqchilar rejani bajaraman deb, tadbirkorni ortiqcha toʻlov qilishga majburlayotgani boʻyicha holatlar kuzatilayotgani qayd etildi.Ushbu vaziyatni tanqid qilib, Prezident ishlab chiqarish va daromad oshishiga qiynalgan tadbirkorga koʻmak berish orqaligina eri

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Koʻksaroy qarorgohida tor doirada uchrashuv va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisini oʻtkazdilar.Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlatimiz rahbari Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining bu galgi davlat tashrifi tarixiy voqea ekanini aloh