calendar 17 Jul 12:05
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oyda yashirin tunnellar aniqlandi. Bu nimadan dalolat beradi?

image
NASAning 'Lunar Reconnaissance Orbiter' apparati Oy yuzasi ostida yashirin tunnellar mavjudligini aniqladi. Bu haqda 'Nature Astronomy' jurnalida chop etilgan maqolada soʻz boradi.

Qayd etish kerakki, Italiyaning Trento universiteti homiyligidagi xalqaro olimlar guruhi 'Mare Tranquillitatis' hududida (Oydagi hudud nomi ' tahr.) uzunligi bir necha kilometrga choʻziladigan tunnellar tarmogʻi borligini kashf etishdi. Bildirilishicha, ular Yerning tabiiy yoʻldoshida lavalar boʻlganligini anglatishi mumkin. Shu tariqa Olimlar birinchi marta Oy sathidan pastda taxmin qilingan tunnel borligini tasdiqladilar.

Trento universiteti professori Lorenzo Bruzzone missiyasida 'Mini-RF' asbobidan olingan radar maʼlumotlari Yer osti gʻorini koʻrsatadigan akslarni aniqlashga yordam berganini taʼkidladi.

'Ushbu kashfiyot Oy tadqiqotlaridagi muhim bosqichni belgilaydi', deydi professor.

'Mini-RF' bosh tadqiqotchisi, Jons Xopkins universiteti amaliy fizika laboratoriyasi olimi Ues Patterson Oyni tadqiq qilish uchun radar maʼlumotlarini toʻplashning muhimligini taʼkidladi.

Bu yangilik fundamental ilmiy savollarga javob berishda masofadan zondlash maʼlumotlarining ahamiyatini ham koʻrsatib bera oldi. Kelajakdagi orbital missiyalar Oyning yer osti qatlami haqida koʻproq maʼlumot berishi mumkin. Ushbu jarayonda Padua universiteti va 'La Venta Geographic Explorations APS' tadqiqotchilari ham ishtirok etdi.

Ushbu topilmalar kelajakdagi oy missiyalari uchun muhim ahamiyatga ega. Oyning sirt sharoitlari ekstremal boʻlib, harorat kunduzi 127 darajadan kechasi -173 darajagacha boʻlishi mumkin. Yer osti gʻorlari infratuzilmani qurish uchun xavfsiz joylarni taklif qilishi, haroratning haddan tashqari oʻzgarishi, radiatsiya va meteorit taʼsiridan himoya qilishi va shu bilan insonning doimiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlashi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq, Mars haqida ayrim haqiqatlar fosh etilib, 'Qizil sayyora'ning oʻtmishda subarktik iqlimga ega boʻlgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

15 Jul 12:02
 
60
0
qalampir.uz

Falastinda tinchlik o‘rnatilmasa, Turkiya NATO tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamaydi – Erdo‘g‘an

NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Falastinda keng qamrovli va mustahkam tinchlik o‘rnatilmaguncha alyans doirasida Isroil bilan hamkorlik qilish tashabbuslarini ma’qullamaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitidan so‘ng, jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. Erdo‘g‘an o‘z nutqi avvalida terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Uning s

16 Jul 09:32
 
101
0
qalampir.uz

Xitoy FATH va HAMAS vakillarini qabul qiladi – NYT

Xitoy hukumati kelasi hafta Pekinda HAMAS va FATHning yuqori martabali vakillarini qabul qiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi. Qayd etilishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya keyingi hafta harakat delegatsiyasi bilan birga Xitoy poytaxtiga boradi. O‘z navbatida, FATH delegatsiyasi tarkibiga harakatning uchta yuqori martabali vakili, jumladan, FATH raisi o‘rinbosari ham kiradi. FATH va HAMAS vakillari bir qator uchrashuvlarda harakatlar o‘rtasida