calendar 15 Jul 12:02
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSHning Germaniyadagi qurollari urushning oldini olishga yordam beradi – Shols

image

Germaniya kansleri Olaf Shols 2026 yildan boshlab Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi qurollarining Germaniyada joylashtirilishini urushning oldini olish deb atadi. Bu haqda kecha, 12 iyul kuni Berlinda Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bilan uchrashuvdan so‘ng so‘z ochdi.

“U to‘xtatuvchi ta’sir tufayli xavfsizlikni oshiradi, chunki siz orqa tomondan hujum qila olmaysiz. Biz har doim urushning oldini olishga harakat qilamiz”, deydi kansler.

Bundan tashqari, Shols Germaniya Ukrainaga qurol yetkazib berish Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshilikka olib kelmasligi uchun nazoratni davom ettirishini tasdiqladi.

“Bu yerda qabul qilayotgan qarorlarimiz hamisha mamlakatimiz va ittifoq xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani ham birdek ravshan”, deydi Shols.

“Reuters”ning yozishicha, Shols bir qator nemis siyosatchilarining yangi Amerika qurollarining joylashtirilishi Germaniyaning Rossiya bilan munosabatlarining keskinlashishini anglatadi, degan tanqidni rad etdi.

“Aksincha, Qo‘shma Shtatlar Germaniyaning ittifoqchisi sifatida yevropaliklar mavjud mudofaa qurollari taqchilligini mustaqil qoplamaguncha mamlakatni qo‘shimcha himoya qiladi”, deya ta’kidladi Shols.

Berlindagi uchrashuvda Shols va Kisida Germaniya va Yaponiya yaqin iqtisodiy muloqot orqali Xitoyga qaramligini kamaytirish choralarini ko‘rishiga kelishib oldi.

“Reuters” xabariga ko‘ra, Yaponiya Bosh vaziri “Xitoyning ortiqcha ishlab chiqarishi”ni boshqa sanoatlashgan mamlakatlar uchun zararli deb atadi.

O‘z navbatida, Germaniya hukumati rahbari adolatli, erkin global savdoga chaqirdi, bu esa teng sharoitlarni talab qiladi. U Berlindagi federal hukumat va uyali aloqa kompaniyalari o‘rtasida 2029 yil oxirigacha Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari komponentlarini 5G tarmoqlarida ishlatmaslik to‘g‘risidagi kelishuvni himoya qildi.

Fumio Kisida, shuningdek, Xitoyning sanoat siyosatiga qo‘shma javob G‘arbiy sanoatlashgan yettilik guruhi (G7)ning so‘nggi yig‘ilishida allaqachon kelishilganini ta’kidladi.

“Germaniya-Yaponiya hukumatining navbatdagi maslahatlashuvlari 2025 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tishi kerak”, deya qayd etadi agentlik.

Biroq Xitoydan import qilinadigan elektr transport vositalariga nisbatan jazo tariflari bo‘yicha bahsda kansler YeI va Xitoy o‘rtasidagi kelishuvga umid qilmoqda.

“Reuters” agentligining xabar berishicha, federal hukumat 15 iyul kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan Xitoydan elektromobillar uchun vaqtinchalik jazo tariflari bo‘yicha Yevropa Ittifoqining ichki ovoz berishda ishtirok etishdan tiyilishi mumkin. Oy boshida Yevrokomissiya Xitoyning ushbu turdagi elektromobil mahsulotlariga Xitoyni nohaq raqobatda ayblagani sababli vaqtinchalik jazo tariflarini joriy qilgan edi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Germaniyada Tomahawk  qanotli raketalari va boshqa uzoq masofaga uchuvchi AQSH qurollarining joylashtirilishini “eskalatsiya yo‘nalishidagi bo‘g‘in” deb hisoblaydi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birinchi navbatda, ushbu yangi o‘yinga harbiy javobni ishlab chiqadi.

10 iyul kuni AQSH Rossiyani tiyib turish uchun NATOdagi Yevropadagi hamkorlarini himoya qilish choralarini kuchaytirishi ma’lum bo‘ldi. Xususan, Tomahawk qanotli raketalari va boshqa uzoq masofaga uchuvchi qurollar 2026 yildan boshlab Germaniyada vaqtincha joylashtiriladi.

Vashingtondagi NATO sammiti arafasida e’lon qilingan AQSH-Germaniya qo‘shma bayonotida SM-6 zenit-raketalari va “Yevropadagi mavjud yerga asoslangan tizimlarga qaraganda ancha uzoqroq masofaga ega” gipertovushli qurollarning yangi turlari haqida ham aytilgan.

Shuning uchun Germaniyada “Sovuq Urush”dan beri birinchi marta Rossiya hududiga yetib bora oladigan qurol tizimlari yana joylashtiriladi.

Tomahawk qanotli raketalari, xuddi Germaniyaning TAURUS raketalari kabi, past balandliklarda dushman hududiga chuqur kirib borish va qo‘mondonlik markazlari, bunkerlar va radarlar kabi muhim nishonlarni yo‘q qilishga qodir.

Shu bilan birga, Tomahawks kemalar va suv osti kemalaridan, TAURUS esa samolyotlardan chiqariladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 10:14
 
52
0
qalampir.uz

Xitoyda savdo markazidagi yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi (video)

Kecha, 17 iyul kuni Xitoyning Szigun shahridagi savdo markazida katta yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kamida 16 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi. Sichuan provinsiyasi hududida joylashgan 14 qavatli binodagi yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida boshlangan. Yong‘in birinchi qavatda sodir bo‘lgan. Taxminan to‘rt soatdan so‘ng, qutqaruvchilar savdo markazidan yong‘in tufayli qamalib qolgan 75 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘

17 Jul 13:54
 
66
0
qalampir.uz

AQSH Eronning Trampni o‘ldirish rejalari haqida ma’lumot olgan – CNN

AQSH hukumati so‘nggi haftalarda Eron tomonidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirgani haqida razvedka ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Bu haqda kecha, 16 iyul kuni manbalarga tayanib, CNN xabar berdi. CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, AQSH Maxfiy xizmati Tramp kampaniyasini tahdid kuchayganligi haqida Tramp Pensilvaniyadagi mitingda otishmada yaralangan 13 iyuldan oldin xabardor qilgan. “Shu bilan birga, Trampni otgan Tomas Metyu Kruksning Eron fitnasiga qand

15 Jul 12:02
 
60
0
qalampir.uz

Falastinda tinchlik o‘rnatilmasa, Turkiya NATO tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamaydi – Erdo‘g‘an

NATO a’zosi bo‘lgan Turkiya Falastinda keng qamrovli va mustahkam tinchlik o‘rnatilmaguncha alyans doirasida Isroil bilan hamkorlik qilish tashabbuslarini ma’qullamaydi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an NATO Davlat va hukumat rahbarlari sammitidan so‘ng, jurnalistlar bilan bo‘lgan matbuot anjumanida so‘z ochdi. Erdo‘g‘an o‘z nutqi avvalida terrorizmga qarshi kurashda ittifoqchilar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Uning s

15 Jul 12:02
 
100
0
qalampir.uz

AQSH Gruziyaga yordam berishni to‘xtatdi

north_east Xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi tanlov. Gruziyada hukumat nimani xohlayapti? Xalq-chi? Amerika Qo‘shma Shtatlari “Noble Partner 2024” harbiy mashg‘ulotlarini noma’lum muddatga qoldirganidan so‘ng, respublikaga yordamni muzlatib qo‘ydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya gruziyalik jurnalistlarga ma’lum