calendar 11 Jul 15:12
eye 104
comments 0
comments Manba: xs.uz

Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?

image
Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionatining birinchi yarim finali bahsi oʻtkaziladi. Unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bellashadi.

Ushbu jamoalar shu paytgacha 36 bor oʻzaro toʻqnashgan. Oʻzaro oʻyinlarning 26 tasida Ispaniya terma jamoasi gʻalaba qozongan. Ularning 26 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib, bahslarning 14 tasida Ispaniya, 7 tasida Fransiya gʻalaba qozongan. Besh bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 54/23 Ispaniya foydasida.

Mazkur jamoalar rasmiy musobaqalarda 10 bor toʻqnash kelgan. Jumladan, jamoalar toʻrt marta Yevropa chempionati final bosqichida, ikki bor saralash bosqichda, bir marta jahon chempionatida, bir marta jahon chempionati saralashida va bir bor UYEFA millatlar ligasi musobaqalarida bahslashgan. Eʼtiborlisi, rasmiy oʻyinlarning ikkitasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Olti oʻyinda esa fransuzlar raqiblaridan ustun kelgan. Ikki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmagan.

Ispaniya va Fransiya Yevropa chempionati final bosqichida ilk bor ' 1984-yilda oʻtkazilgan musobaqaning finalida bir-biriga qarshi maydonga saf tortgan. Oʻyinda Mishel Platini va Bryuno Bellon tomonidan kiritilgan gollar yakunda fransuzlarni musobaqa gʻolibiga aylantirgan edi.

1996-yilda oʻtkazilgan Yevropa chempionatining guruh bosqichida Fransiya va Ispaniya durang oʻynagan ' 1:1. Uchrashuvda Yuriy Jorkayeff va Xose Luis Kaminero gol muallifi boʻlgan.

2000-yilda tashkil etilgan Yevropa chempionatining ham ¼ finalida Ispaniya va Fransiya oʻzaro bahslashgan. Uchrashuvda fransuzlar 2:1 hisobida gʻalabaga erishgan. Oʻyinda Zayniddin Zidan va Yuriy Jorkayeff tomonidan kiritilgan gollarga Gaiska Mendyeta bitta aniq zarba bilan javob bergan.

2012-yilda oʻtkazilgan qitʼa birinchiligining ¼ finalida esa Ispaniya Xabi Alonsoning ikki goli evaziga Fransiyani musobaqadan chiqarib yuborgan edi.

Xoʻsh, bugun Fransiya rasmiy oʻyinlardagi ustunligini saqlab qola oladimi? Yoki Ispaniya 1984-yilgi final uchun 'qasos' oladimi?

Fransiya ' Ispaniya uchrashuv bugun, Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya