calendar 11 Jul 15:12
eye 112
comments 0
comments Manba: xs.uz

Fuqarolar koʻp mablagʻ olmayapti! Oʻzbekistonda pensiya islohoti amalga oshirilishi mumkin

image
Unda qayd etilishicha, Oʻzbekiston 'Allianz Pension Ranking 2023' pensiya reytingida 75 ta mamlakat qatorida 71-oʻrinni egallagan (Qozogʻiston ' 34, Rossiya ' 37, Turkiya ' 59-oʻrinda). Mazkur reyting uchta sub-indekslarga asoslangan, bular: bazaviy sharoitlar, barqarorlik va pensiya tizimining monandligi. Ular 1 dan 7 gacha boʻlgan shkala boʻyicha baholanadi (bunda 1 ' eng yuqori baho). Oʻzbekistonning umumiy bahosi 4,5 ni tashkil etgan (bazaviy sharoitlar boʻyicha 4,4; barqarorlik boʻyicha 3,6 va monandlik boʻyicha 5,3).

Oʻzbekistonda pensiya badallari darajasi (12-25 foiz) boshqa mamlakatlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Biroq toʻlovlarning yalpi koeffitsiyenti (55 foiz) oʻrtacha. Ushbu koʻrsatkich ishchining oʻrtacha ish haqiga nisbatan olingan oʻrtacha pensiyani koʻrsatadi. Bu nomuvofiqlik fuqaro pensiya badallaridan koʻp mablagʻ olmayotgani va pensiyalar juda past ekanini anglatadi.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda norasmiy bandlik yuqori boʻlgani sababli pensiya taʼminoti tizimining qamrovi past boʻlib ' 38 foizni tashkil etadi. Pensiya mexanizmlari sifatida foydalanish mumkin boʻlgan rasmiy moliyaviy xizmatlar ommabopligi ham past.

Oʻzbekiston pensiya tizimi majburiy badallar boʻyicha belgilangan toʻlov tizimidan iborat boʻlib, borgan sari davlat byudjetidan koʻproq moliyalashtirilmoqda.

Soʻnggi 10-yilda Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 3,4 baravarga oshgan boʻlsa, xarajatlari 5 baravarga oshgan. 2020-yildan pensiya toʻlovlarini moliyalashtirish uchun davlat byudjetidan doimiy ravishda transfert ajratilmoqda.

2022-yilda transfert miqdori 11 trln soʻm (jami xarajatning 24,7 foizi)ni tashkil etgan boʻlsa, 2023-yilda 15 trln soʻm (29 foiz) koʻzda tutilgan. 2030-yilda transfert miqdori 38 trln soʻmga yetishi prognoz qilinmoqda.

Aksariyat mamlakatlarda mazkur komponent kasbiy pensiya dasturlari yoki shaxsiy jamgʻarish dasturlari bilan toʻldiriladi. Oʻzbekistonda kasbiy pensiya rejalari mavjud emas. Mavjud boʻlgan yagona individual jamgʻarish dasturi majburiy boʻlib, badallar stavkasi past boʻlgani (oylik ish haqining 0,1 foizi) va cheklovchi qoidalari koʻp boʻlgani bois katta ahamiyat kasb etmaydi.

Ushbu mablagʻlarga har yili inflyatsiya miqdorida foiz daromadlari (2021-yilda 10 foiz, 2022-yilda 12,4 foiz, 2023-yilda 8,8 foiz) hisoblansa-da, fuqarolar oʻz jamgʻarmalarini ixtiyoriy ravishda boshqa moliyaviy instrumentlarga yoki bank omonatlariga yoʻnaltirish huquqiga ega emas.

Strategik islohotlar agentligi Oʻzbekistonda pensiya tizimini takomillashtirish uchun quyidagilarni taklif qilmoqda:

Agentlikka koʻra, pensiya tizimini takomillashtirish maqsadida prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish kerak.

'Bunda: pensiya tizimini keng koʻlamli isloh qilish, shu jumladan pensiya tayinlash shartlarini qayta koʻrib chiqish, pensiya yoshini umr davomiyligiga moslab qayta koʻrib chiqish, ish staji yoki pensiya olish uchun badallarni qayta koʻrib chiqish, pensiya tizimining moliyaviy barqarorligini taʼminlash va aholi qamrovini oshirish kabi jihatlar inobatga olinishi maqsadga muvofiq', deyiladi rasmiy axborotda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Oct 20:49
 
3
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,79'soʻmga tushdi va'12 816,11'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'3,95'soʻmga oshib,'13'836,27'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,01'soʻmga koʻtarilib,'132,86'soʻmni tashkil qildi.

09 Oct 12:40
 
20
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi ilk bor 12 800 soʻmga yaqinlashdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'19,86'soʻmga oshdi va'12 794,88'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'68,94'soʻmga tushib,'14'021,91'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1,61'soʻmga pastlab,'132,99'soʻmni tashkil qildi.

29 Oct 20:49
 
1
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,76'soʻmga oshdi va'12 817,85'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'24,61'soʻmga tushib,'13'865,07'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'0,15'soʻmga pastlab,'132,95'soʻmni tashkil qildi.

25 Sep 13:14
 
19
0
xs.uz

“Cobalt”, “Damas” yoki “Lacetti-Gentra”… Qaysi biri Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgan

Statistika agentligi 2024-yilning yanvaridan avgustgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarning soni haqidagi axborotni ochiqladi. Bu haqda Agentlikning axborot xizmati xabar berdi.Xabar qilinishicha, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni 260 ming 191 tani tashkil etadi.Eng koʻp ishlab chiqarilgan avtomobil 'Cobalt' boʻlib, jami 102 ming 052 dona boʻlgan. Bundan tashqari, 'Damas'