calendar 11 Jul 15:12
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Oʻzini oʻzi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborilmoqda

image
Senatning 54-yalpi majlisida oʻzini oʻzi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasi ham koʻrib chiqildi.

2020-yilda aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb qilish va qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida mamlakatimizda oʻzini oʻzi band qilish instituti joriy etildi.

Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi tomonidan aholining murojaatlaridan kelib chiqib, oʻzini oʻzi band qilish, xususan, fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlash orqali pensiya uchun zarur mehnat stajini hisobga olish borasidagi ishlar holati oʻrganildi.

Oʻzini oʻzi band qilish tizimi 'Aholi bandligi toʻgʻrisida'gi Qonun, Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi 'Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solingan.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan 100 dan ziyod faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari mavjud.

Soliq kodeksiga muvofiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxslar jami daromadlari tarkibiga kiritilmaydi.

Soliq kodeksning 408-moddasiga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat stajini hisoblab chiqarish uchun yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ijtimoiy soliq ixtiyoriy ravishda toʻlanadi. Shuningdek, ushbu moddaga koʻra oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliq toʻlovini hisobot yilining 1-dekabrigacha amalga oshiradi.

Joriy yilning 6 oy davomida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar soni oshdi.

Aholining murojaatlari va tahlillar tizimda baʼzi muammolar borligini koʻrsatdi. Xususan, 2020'2023-yillarda roʻyxatga olinganlarning faqatgina 13 foizi ijtimoiy soliq toʻlovini amalga oshirgan.

Shuningdek, 2023-yilda aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 'Ayollar daftari' hamda 'Yoshlar daftari'ga kiritilgan 65 mingga yaqin fuqarolarga oʻzini oʻzi band qilish uchun davlat tomonidan moliyaviy koʻmak, yaʼni 313 mlrd soʻm subsidiya ajratilgan boʻlib, daromad olish manbai yaratilgan boʻlsa-da, ushbu fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlovi darajasi pastligicha qolmoqda.

Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar tomonidan ijtimoiy soliq toʻlamaslik kelajakda ularning ijtimoiy himoyalanishi holati pasayishiga, yaʼni yoshga doir pensiya olish huquqidan mahrum boʻlishiga olib keladi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam miqdorda soliq toʻlangan hollarda ularga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmayapti va ayni paytda toʻlangan summani soliq toʻlovchiga qaytarish amaliyoti ham yoʻlga qoʻyilmagan.

Norasmiy mehnat nafaqat mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy salbiy taʼsir etadi, balki inson hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻyadi, qariganda yoki mehnatga layoqatsiz boʻlib qolganda ijtimoiy himoyasiz qoldiradi.

Maʼlumki, Soliq kodeksining 408-moddasiga binoan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hisobot yilining 1-dekabrigacha toʻlovni amalga oshirishi belgilangan. Amalda mazkur sanadan keyin (1'31-dekabr oraligʻida) soliq toʻlagan shaxslarga tegishli yil uchun mehnat staji hisoblanmagan.

Vazirlar Mahkamasiga yuborilayotgan parlament soʻrovida aholini qiynayotgan masalalarga yechim topish, qonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga qulaylik yaratish soʻralmoqda.

Muhokama soʻnggida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
118
0
xs.uz

Andijondagi Shahrixonsoyda kichkina qiz jonsiz holatda topildi

Maʼlum qilinishicha, seldan keyin Andijon, Shahrixonsoydan oqib ketgan qiz jonsiz holatda topilgan.Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hodisa viloyat hamda tuman hokimliklari, shuningdek, viloyat IIB tomonidan nazoratga olingan.Hozirda shaxsi nomaʼlum va IIB vakillari uning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha ish olib bormoqda.Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidagi tezkor oʻrganishlar davomida ushbu hududlarda bu yoshdagi farzandini yoʻqotgan hech bi

19 Jul 10:44
 
56
0
xs.uz

Toshkentda hokimlik tomonidan qurilgan avtobus bekati 3 kun oʻtmay qulab tushdi

Maʼlum qilinishicha, ushbu bekat tuman hokimligi tomonidan 15-iyul kuni qurilgan. Hodisaga uning ustunlari yaxshi mustahkamlanmagani sabab boʻlgan.Qayd etilishicha, hodisa tunda sodir boʻlgani uchun hech bir fuqaro va yoʻlovchiga zarar yetmagan, hozirda masʼul xodimlar tomonidan bekatni qayta qurish ishlari olib borilmoqda. Fuqarolardan xavfsizlik choralarini koʻrgan holda maxsus avtobus yoʻlaklarida jamoat transportini kutishlari soʻraldi.Maʼlumot uchun, 2- va 5-avtobus saroyi tasarruf

15 Jul 12:03
 
57
0
qalampir.uz

OTMlarga kirish imtihonlari boshlandi

Bugun, 14 iyul kuni soat 8:00da 2024/2025 o‘quv yili uchun professional va oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test imtihonlari boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berdi. Imtihonlar respublikaning 73 ta yopiq turdagi binolarida o‘tkaziladi. Joriy yilda 805 ming 688 nafar abituriyent testlarda ishtirok etadi. Imtihonlar 25 iyulgacha davom etadi. Test 14-25 iyul kunlari 2 smenada bo

17 Jul 13:13
 
87
0
qalampir.uz

Qurilish vaziri lavozimidan ozod etildi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Botir Zokirov sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov vazir vazifasini bajar