calendar 11 Jul 12:25
eye 64
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda daraxtlarni quritish uchun ularning tagiga mashina moyi quyishdi

image

Toshkentda daraxtlarga qasddan shikast yetkazildi. Bu haqda Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat boshqarmaning Uchtepa tumani inspektorlari tomonidan o‘rganilgan va noma’lum shaxslar tomonidan 10 tup daraxtga qasddan shikast yetkazilganligi aniqlangan. Aholining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar daraxtlarni sun’iy yo‘l bilan quritmoqchi bo‘lib, tagiga mashina moyini quygan.

“Daraxtlarni saqlab qolish uchun texnik tadbirlarni amalga oshirishda yordam berish uchun Akademik F. N. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘iga xat chiqarildi. Daraxtlarga shikast yetkazgan shaxslarni qidirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

11 Jul 11:57
 
73
0
qalampir.uz

Mirziyoyev bugun Farg‘onaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. “Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish ko‘zda tutilgan”, deydi Asadov.  Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi reja