calendar 10 Jul 16:59
eye 93
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Byudjet mablag‘lari ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish taklif etildi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablag‘laridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda Hisob palatasi tomonidan konsolidatsiyalashgan byudjet ijrosini tashqi auditdan o‘tkazish taklif etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirgi tizimda faqat byudjet va maqsadli jamg‘armalar xarajati tashqi audit bilan qamrab olingan. Bu jami xarajatlarning 86 foizini tashkil etadi. Taklifga ko‘ra, endilikda byudjetdan tashqari jamg‘armalar hamda tashqi qarz hisobidan xarajatlar ham tashqi audit bilan qamrab olinadi.

 “So‘nggi yillarda hududlar rivojiga katta mablag‘lar yo‘naltirilyapti. Lekin mahalliy kengashlar byudjet muhokamasida asosan viloyat yoki tuman byudjeti bilan cheklanyapti. Bu – har bir hududga barcha manbalardan berilayotgan mablag‘larning 65-70 foizi ularning nazoratidan chetda qolyapti, degani”, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Hisob palatasi byudjet jarayonini nafaqat Oliy Majlis palatalarida, balki mahalliy kengashlarda ham muhokama qilib borishi kerakligi aytilgan. Hisob palatasi faoliyatida davlat dasturlaridagi milliy maqsad va vazifalarga erishishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholashga qaratilgan strategik audit hamda davlat tashkilotlaridagi dasturiy ta’minotlar samaradorligi bo‘yicha axborot texnologiyalari auditi joriy etilishi mo‘ljallanyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ davlat byudjetida rekord darajada taqchillik kuzatilayotgani haqida tahliliy maqola e’lon qilgan edi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024 yilning I yarim yilligining o‘zida byudjet defitsiti 38 trln so‘mdan oshgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
36
0
xs.uz

Prezident byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev byudjet mablagʻlaridan foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati'xabar berdi.Bugun dunyodagi murakkab jarayonlar iqtisodiyotga ham oʻz taʼsirini oʻtkazmoqda. Mablagʻ topish, jamgʻarish, koʻpaytirish tobora qiyin boʻlib bormoqda. Bunday sharoitda bor manbalardan samarali foydalanish, tejamkorlik va aniqlik yanada muhim.Shu yil 16-yanvar kuni iqtisodiyotdagi ustuvor v

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Isroil elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi

Isroilning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan fuqaro qamaldi. Bu haqdagi tegishli ma’lumot Oliy sud portalida keltirilgan. Qayd etilishicha, Telegram-kanallaridan birida 36 yoshli fuqaro R.A. Isroilning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlagani haqida e’lon qilingan post izohiga elchiga nisbatan tajovuzkorona izoh yozgan. Fuqaro R.A. mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tuman IIO FMB binosiga taklif qilinganida u IIB xodimlarining qonuniy talab

19 Jul 12:52
 
99
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy”ga oid ishdagi yagona ayol sudlanuvchiga sud hukmi o‘qildi 

Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Jumaniyozova sud zalida qamoqdan darhol ozod etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi. Sud hukmiga ko‘ra, Nargiza Jumaniyozovaga 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu muddat davomida 20:00 dan 7:00 gacha uydan chiqmasli

15 Jul 15:40
 
140
0
xs.uz

Gaz “zapravka”lar uchun qoʻshimcha talablar belgilandi

Hujjatga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan, siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda koʻrsatiladigan texnologik jarayonlar va texnologik uskunalarning holati texnik jihatdan tartibga solinadi.Yangi AGTKSHlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha texnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga koʻra beril