calendar 08 Jul 09:39
eye 54
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Voronejda dron hujumi tufayli favqulodda holat joriy etildi

image

Rossiyaning Voronej viloyatidagi Podgorenskiy tumani aholi punkti hududida Ukraina Qurolli kuchlariga qarashli uchuvchisiz uchoq hujumidan keyin favqulodda holat joriy etildi. Bu haqda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qildi.

Dron hujumi bugun, 7 iyulga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida omborxonada yong‘in sodir bo‘lgan.

“Tunda Ukraina droni bilan hodisa yuz bergan Podgorenskiy tumani qishlog‘i chegaralarida favqulodda holat joriy etildi. Portlovchi ob’ektlarni portlatish davom etmoqda. Portlashlardan biri oqibatida turar-joy binosining yordamchi binosi yonib ketdi. Yong‘in allaqachon o‘chirilgan. Qurbonlar yo‘q”, deb yozadi viloyat rahbari.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 6 iyulga o‘tar kechasi Shahed dronlari bilan Ukrainaning Sumi viloyatidagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarbalar bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
82
0
qalampir.uz

NATOga a’zo bo‘lsakkina tinch uxlaymiz – Kuleba

Ukriana Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba NATOga qo‘shilish uchun mamlakat yana 75 yil kuta olmasligini aytdi. Bu haqda u SNN telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi. “Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi va’da bajarilishi kerak, ammo ukrainaliklar buni yana 75 yil kuta olmaydi. Biz alyansga a’zo bo‘lganimizdagina to‘liq xursand bo‘lamiz va tinch uxlaymiz”, degan TIV rahbari. Shu bilan birga, vazirning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki kun ichida

15 Jul 12:02
 
57
0
qalampir.uz

Eron-Armaniston postida chegarachilar ozarbayjonlikni o‘ldirdi (video)

Kecha, 12 iyul kuni asli ozarbayjonlik, Eron fuqarosi bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi Eron-Armaniston chegarasida arman chegarachilari tomonidan o‘ldirildi. Bu haqda “APA” xabar berdi.   Eron va Armaniston chegarasidagi “Nurduz” chegara punktida arman chegarachilari ushbu nuqtadan faqat arman millatiga mansub haydovchilarni o‘tkazgani uchun bu navbatda turgan Amid Guluzade ismli ozarbayjonlik haydovchining noroziligiga sabab bo‘lgan. Shu tufayli mojar

15 Jul 12:02
 
110
0
qalampir.uz

Isroil G‘azoning markaziy qismini bombardimon qildi. Qurbonlar bor (video)

Isroilning aviatsiya qo‘shinlari Falastinning Dayr al-Bala shahridagi uylardan biriga zarba berishi oqibatida yana ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Anodolu” xabar berdi.  Nashrning yozishicha, anklavdagi uylarning biri bombardimon qilinishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odam jarohatlangan. G‘azo sektorining markaziy qismidagi “Nusayrat” qochqinlar lagerining shimoliy hududlari ham Isroil artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilgan. Biroq,

15 Jul 12:02
 
41
0
qalampir.uz

Tojikiston respublikada Xitoy harbiy baza qurayotganini rad etdi

Xitoyning Tojikiston hududida harbiy bazasi yo‘q, bu masala ikki tomonlama munosabatlarning kun tartibida emas. Bu haqda Tojikiston  Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. “Xitoyning Tojikiston hududida harbiy baza qurgani haqidagi ba’zi ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan xabarlarga kelsak, ular asossiz ekanligini ma’lum qilmoqchimiz. Bu masala Tojikiston-Xitoy muzokaralari kun tartibida bo‘lmagan va yo‘q”, deyiladi xabarda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq &l