calendar 06 Jul 12:56
eye 121
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Prokuror va katta inspektor pora bilan qo‘lga tushdi 

image

Sirdaryo viloyati va Toshkent shahrida lavozimini suiiste’mol qilgan mansabdor shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilda Sirdaryo viloyatida faoliyat yurituvchi, maxsus texnikalar bilan xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ rahbari ko‘p funksiyali burg‘ilash uskunasi olib kelish maqsadida Xitoy davlati kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi orqali shartnoma tuzgan. Bankdan olgan 1 mln 71 ming AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘ini ushbu kompaniyaning hisob raqamiga o‘tkazgan. Ammo shartnoma talablariga zid ravishda Xitoydan ko‘p funksiyali o‘rniga, bir funksiyali burg‘ilash uskunasi yuborilgan.

Oqibatda prokuratura organlari tomonidan xorijiy kompaniyaning O‘zbekistondagi vakillariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jizzax viloyati IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan ekspertizada mazkur uskuna ko‘p funksiyali ekanligi to‘g‘risida xulosa berilgan.

Bundan norozi bo‘lgan tadbirkorga esa Toshkent shahrida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining mansabdor tanishlari orqali uskunaning bir funksiyali ekanligi to‘g‘risida qayta ekspertiza tayinlash bo‘yicha tergovchi tomonidan qaror chiqarilib, ekspertiza xulosasini uning foydasiga ijobiy hal qilib berishni taklif etgan. Evaziga 155 ming AQSH dollari so‘ragan. Va u 105 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ushlangan.

“Tergovga qadar tekshiruv davomida, mazkur shaxs ushbu masalani Toshkent shahar prokuraturasining ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta’minlash bo‘limi katta prokurori hamda uning vositachisi bo‘lgan, Toshkent shahridagi sug‘urta markazi rahbari orqali hal qilishi kerakligi ma’lum bo‘lib, ular ham protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi xabarda.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yong‘inga qarshi profilaktikasi katta inspektori Yunusobod tumanida yangi qurilgan noturar binoga o‘rnatilgan yong‘in xavfsizlik tizimlarini qabul qilishda va binoning foydalanishga topshirilishi bo‘yicha ijobiy xulosa berilishida vakolatli hamkasbi orqali ko‘maklashish evaziga 12 ming AQSH dollari talab qilib, avvalroq 3 ming AQSH dollari olgan. Va u 2900 AQSH dollarini o‘zining hamkasbiga bergan vaqtida ushlangan.

“Hozirda katta inspektorga nisbatan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, garov ehtiyot chorasi qo‘llanildi”, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
72
0
xs.uz

Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyat holati Senatda muhokama qilindi

Oliy Majlis Senatining ellik toʻrtinchi yalpi majlisida parlament nazorati doirasida Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar holati koʻrib chiqildi.Majlisda poytaxtda tadbirkorlikni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.Xususan, Toshkent shahrida 2024-yil 1-aprel holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 135,1 mingtani tashkil et

16 Jul 19:30
 
117
0
qalampir.uz

Noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan shaxs salkam 4 yilga qamaldi

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan fuqaro 3 yil-u 9 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.  Qayd etilishicha, Chirchiq daryosida olib borilgan reyd tadbirlarida M.D. ismli fuqaro daryo hududiga chiqindilar to‘kib, to‘g‘on hosil qilgani aniqlangan. U bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini o‘zboshimchalik bilan tashlab ket

22 Jul 15:46
 
36
0
xs.uz

Maosh 2,5 ming yevro: oʻzbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinyapti

Maʼlum qilinishicha, sohalar:Nomzodlar uchun talablar:Avtomexanik:Roʻyxatdan oʻtish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)CE toifasidagi yuk avtomobili haydovchisi:Roʻyxatdan oʻtish (22-iyul soat 11:30 dan 24-iyul soat 14:00 gacha)Ish beruvchi hisobidan:Fuqaro hisobidan:

17 Jul 17:36
 
88
0
xs.uz

Birinchi yarim yillikdagi iqtisodiy natijalar va yil yakunigacha moʻljallangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Avvalo, bajarilgan ishlar qisqacha aytib oʻtildi. Joriy yilning olti oyida yalpi ichki mahsulot 6,4 foizga koʻpaygan. Sanoat 7,8 foizga, qurilish 10,1 foizga, xizmatlar 12,9 foizga, qishloq xoʻjaligi 3,8 foizga oʻsgan. Byudjet daromadlari ham 113 trillion soʻmga yetib, 14 foiz oshgan.Umuman, yil boshidan buyon respublikada yaratilgan qoʻshilgan qiymat 567,4 trillion soʻmga, yaʼni 45,1 milliard dollarga yetgan. Bunday raqamlar ilgari boʻlmagan.Oʻtgan davrda jami kapital qoʻyilmalar 229