Dastlab maktabdagi erkin kurash to‘garagiga qatnashib, sportga qiziqishi oshgan Mirshodjon soliq kollejida tahsil olayotganida Buxoro shahridagi «Umid» klubida murabbiyi Homid Rahmatovga shogird tushib, boks bilan shug‘ullandi. Shahar va viloyat miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagach, 2022-yil IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga hujjat topshirdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, 7536-harbiy qismda maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodida katta mutaxassis lavozimida xizmat faoliyatini boshladi.
– Oddiy askar Mirshod Sharopov qobiliyatli, o‘ziga nisbatan talabchan xodim, – deydi harbiy qism Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik Elyor G‘afforov. – Uning yutuqlarini ikki yil davomida kuzatib kelaman. Erishgan yutuqlari arzigulik. Misol uchun aytadigan bo‘lsak, 2023-yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan IIV Qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligining boks bo‘yicha birinchiligida o‘z vazn toifasida birinchi o‘rinni egalladi. Yaqinda jangovar sambo bo‘yicha Qorovul qo‘shinlari qo‘mondoni kubogida ham faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bunday yutuqlarga erishishda, albatta, ustozlarining xizmati katta. Sport sohasida Homid Rahmatov, Azamat Ergashovlarning, kasb sohasida esa mayor Nuriddin Jo‘rayev, kapitan Adiz Ravshanovlarning maslahati va yo‘l-yo‘riqlari asqatmoqda.
– Kimki yaxshi niyat qilib, maqsad sari qat’iylik bilan intilsa, u, albatta, murodiga yetadi, – deya ta’kidlaydi lavhamiz qahramoni.
Mirzoqul AHADOV,
o‘z muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
Bandlikni ta'minlash – ustuvor vazifa
Jizzax shahrida viloyat IIB JXX JTSBga qarashli muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi hamda ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga mo‘ljallangan maxsus qabulxonaga joylashtirilgan shaxslar ishtirokida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbir doirasida hokimlik, ichki ishlar organlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas'ullari tomonidan tadbir qatnashchilarining muammolari o‘rganilib, ularga moddiy, huquqiy, psixologik ko
TAJRIBADA ILK BOR
Joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda deputatlikka siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olindi. Ta’kidlash kerakki, milliy saylov tajribamizda ilk marotaba 5 ta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlik o‘rinlariga 100 foiz nomzodlar ko‘rsatildi. Xususan, siy
Oʻzbekistonda aliment toʻlovlari oshadi
Unga koʻra, aliment undiruvi 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab, qarzdorning nafaqasiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, 1-oktyabrdan boshlab, qarzdor pedagog xodimlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori 15 foizga, xususiy sektor va byudjet tashkilotlarida faoliyat yurituvchi qarzdorlarning ish haqiga qaratilgan ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdori esa 10 foizga oshadi.Bundan tashqari, 2024
SAYYОHLARGA TAKLIFIMIZ KO‘P
Surxon vohasida turizmni rivojlantirish, turizm namoyishi ob'ektlariga xorijlik sayyohlarni jalb etishga katta e'tibor qaratilmoqda. Binobarin, vohada turizm salohiyati, qolaversa, sayyohlar xavfsizligini ta'minlash uchun barcha kuch-vositalar yetarli.Viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi ob'ektlari, mehmonxonalar, chorrahalar, aeroport va vokzallardagi kuzatuv kameralari bilan integratsiya qilingan. Bu orqali turistlarning viloyat hududiga ki