calendar 05 Jul 09:36
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Chilla yondiradimi?

image

O‘zbekiston iqlim o‘zgarish jarayoni eng tez kechayotgan davlatlardan biri. Mamlakatda eng issiq harorat yildan-yilga o‘sib boryapti, 2024 yilda yoz eng issiq bo‘lishi kutilayotgan edi. Xo‘sh bu prognozlar o‘z tasdig‘ini topdimi? QALAMPIR.UZ shu kabi savollarga O‘zgidromet mutaxassisidan javob oldi. 

Gidrometeorologik prognozlar axborot-tahlil bo‘limi yetakchi muxandisi Zayseva Irina Borisovna iyul – yoz faslining eng qizg‘in davri bo‘lgani uchun O‘zbekistonda iyul oyida eng yuqori havo haroratlari kuzatilishi haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odatda Iyul oyining o‘rtacha maksimal harorati (yoki iqlimiy me’yor) respublika hududining katta qismida 35-37, janubda va cho‘l hududlarda 38-40 ni tashkil etadi. Ammo, deyarli har yili iyul oyida havo harorati 39-41 gacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45o gacha bo‘lgan juda issiq davrlar kuzatiladi, eng issiq yillarda esa bundan ham yuqor bo‘ladi.

“Xabaringiz bor, hozirda butun dunyo bo‘ylab global iqlim o‘zgarishi va global isish sodir bo‘lmoqda va bu yoz fasllarining harorat rejimiga ham ta’sir qiladi. Ya’ni, 2014, 2016 va 2020-yillardan tashqari qolgan barcha yillar eng issiq o‘ntalikka kirdi. Agar geografik jihatdan gapiradigan bo‘lsak, unda, albatta, eng yuqori harorat Qizilqum cho‘lida, Qizilqum markazida va uzoq janubda kuzatiladi. Bu Termiz hududiga to‘g‘ri keladi. Kuzatuvning barcha yillari uchun mutlaq maksimal harorat taxminan 50 daraja. Bu, albatta, juda issiq, lekin bu rekordlar, umuman olganda, uzoq vaqt oldin o‘rnatilgan,” deydi u. 

Xo‘sh, bu yil iyul oyida bizni qanday ob-havo kutmoqda degan savolimizga Zayseva haqiqatdan ham bu yil yoz, odatdagidan ikki-uch daraja issiqroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. 

“Avvalo, iyun  oyi tugadi. Haqiqatan ham, bu yil iyun oyida ikki-uch daraja issiqroq edi. Iyul oyida ham o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki-uch daraja  issiqroq bo‘lishi kutilmoqda.  Aytmoqchimizki bu qadar yuqori harorat joriy yilning iyun oyida kuzatilmadi.  27-28 iyun kunlari shunday issiq davr bo‘ldi, havo harorati 40-41, janubda 43 darajagacha ko‘tarildi. Ammo, ko‘rib turganingizdek, bu barcha yillar davomida kuzatilgan mutlaq maksimallardan uzoqdir,” deydi u.

To‘liq intervyuni You Tube platformasida ko‘rishingiz mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

Toshkentda hokim yordamchisi onasini o‘lasi qilib kaltaklagani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallardan birida hokim yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxsning o‘z onasini o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxonova bilan bog‘landi. Isaxonovaning ma’lum qilishicha, joriy yilning 16 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan voqea oqi

26 Jul 10:20
 
41
0
qalampir.uz

Surxondaryoda xonadonga bo‘ri kelib qoldi

Surxondaryo viloyatidagi xonadonlarning biriga kelib qolgan bo‘ri tabiat bag‘riga qaytarildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga Denovdagi xonadonlardan biriga bo‘ri kelib qolgani haqida murojaat kelib tushgan. Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, bo‘ri Denov tumani “Ibn Sino” mahallasida yasho

11 Jul 11:57
 
72
0
qalampir.uz

Mirziyoyev bugun Farg‘onaga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. “Tashrif davomida hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish ko‘zda tutilgan”, deydi Asadov.  Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi reja