calendar 04 Jul 09:36
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ispaniya klubi Fayzullayev transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev Ispaniyaning “Vilyareal” klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichida va SSKA 20 yoshli futbolchini sotishga rozi. 

O‘tgan mavsumda Fayzullayev “armiyachilar”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi va jamoa safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” uning transfer qiymatini 6 million yevroga baholamoqda. Fayzullayevning transferi so‘nggi paytlarda o‘zbek futbolchilari ishtirokidagi eng shov-shuvli voqealardan biriga aylanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Vilyarreal” 2023/24 yilgi mavsum La Ligada 8-o‘rinni egalladi. Bu natija esa “sariq suv osti kemasi”ga yevrokuboklar yo‘llanmasiga yetarli bo‘lmadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Jul 19:00
 
87
0
qalampir.uz

Humoyun To‘xtamurodov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov Qozog‘istonning Oqtov shahrida o‘tkazilgan Naiza 64 turnirida oktagonga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi. 25 yoshli To‘xtamurodov mezbon sportchi Andrey Mixaylovni birinchi raunddayoq bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi. Shunday qilib, To‘xtamurodov faoliyatidagi 8-g‘alabasini tantana qildi. Uning raqibi esa faoliyatidagi 2-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

29 Jul 12:02
 
96
0
qalampir.uz

Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi

Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi. Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi. Keldiyorova finalda k

27 Jul 14:39
 
84
0
qalampir.uz

Parij-2024: Bugun O‘zbekiston Misr bilan kuch sinashadi

Bugun, 27 iyul kuni Parij shahrida davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslarida 2-tur uchrashuvlari boshlanadi. “C” guruhida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Misrga qarshi bahs olib boradi. Musobaqaning 1-turida Temur Kapadze shogirdlari Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobidagi imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Misr vakillari Dominikan bilan durangga imzo chekkandi. Bugungi uchrashuvda har ikki jamoaga 3 ochko suv va havodek zarur. Guruhning ikkinchi

24 Aug 17:27
 
17
0
xs.uz

Krishtianu Ronaldu Saudiyada jazoga tortilishi mumkin

Gap shundaki, Saudiya Arabistoni Superkubogi finalida 'Al-Nasr' 'Al-Hilol'ga qarshi bahs olib bordi va 1:4 hisobida magʻlub boʻldi. Ar-Riyod klubi hisobidagi yagona golni Ronaldu oʻz nomiga gol yozdirib qoʻydi.Musobaqaning taqdirlash marosimida magʻlub jamoaning portugaliyalik 39 yoshli futbolchisi ikkinchi oʻrin uchun beriladigan medalni taqishni rad etgan.Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi boʻlimida Krishtianu jamoadoshlarini 'uxlayotganlikda' ayblab, imo-ishora qilgani ham futbolchinin