calendar 03 Jul 18:59
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Zelenskiyga Orbanning tinchlik rejasi yoqmadi

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish taklifi yoqmadi. Bu haqda Orban “Die Weltwoche” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Orban Kiyevda Ukraina Prezidenti bilan uchrashuv chog‘ida o‘t ochishni to‘xtatishni taklif qilgan. Vengriya Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Zelenskiyga “bu taklif haqiqatan ham yoqmagan”.

“Uning bu borada biroz shubhasi bor edi. Bu unga unchalik yoqmasdi. U aytdi: o‘ylab ko‘raylik, o‘ylab ko‘raylik”, dedi Orban.

Uning aniqlik kiritishicha, Ukraina allaqachon o‘t ochishni to‘xtatish tajribasiga ega. Biroq Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, bu muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va Ukrainaga foyda keltirmagan.

Vengriya Bosh vaziri Zelenskiyni o‘z taklifini qabul qilishga ko‘ndirish maqsadi yo‘qligini qo‘shimcha qildi. U faqat Ukraina Prezidentiga Vengriyaning tinch yo‘l bilan kelishuv bo‘yicha pozitsiyasini yetkazmoqchi bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Viktor Orban 2015 yildan beri birinchi marta Kiyevga 2 iyul kuni bordi. Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar yakunida Vengriya Bosh vaziri Ukraina Prezidentidan tinchlik muzokaralari oldidan o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘raganini aytdi. Biroq Zelenskiyning o‘zi muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu mavzuni tilga olmadi.

Keyinroq Ukraina Prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Igor Jovkva Ukraina Prezidenti Orbanning taklifini tinglaganini va bunga javoban Ukraina pozitsiyasini bayon qilganini aytdi. Jovkva Ukraina tinchlikka intilayotganini va unga tinchlik sammitlari orqali erishishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari

10 Jul 09:21
 
53
0
qalampir.uz

Peskov Kiyevdagi bolalar shifoxonasiga Rossiya hujum qilganini rad etdi

Rasmiy Moskva Ukrainaning Kiyev shahrida joylashgan Oxmatdet bolalar shifoxonasiga qilingan raketa hujumlari Rossiya harbiylari tomonidan uyushtirilganini rad etdi. Bu haqda Kreml voizi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. “Yana ta’kidlashda davom etamiz. Biz fuqarolik ob’ektlariga zarba bermaymiz. E’tibor faqatgina harbiy ob’ektlarga qaratilmoqda”, degan Peskov. Ma’lumot uchun, Ukraina hududlariga qilingan mazkur hujum oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘ldi, yana 140

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn

19 Aug 07:04
 
14
0
xs.uz

Toshkentdan Kuala-Lumpurga uchgan samolyotda oʻgʻrilar ushlandi

Qayd etilishicha, joriy yilning 15-avgust Toshkent-Kuala-Lumpur yoʻnalishi boʻyicha amalga oshirilgan aviaqatnovda yoʻlovchilarning qimmatbaho buyumlari oʻgʻirlangan. Samolyot Malayziyaga yetib kelgach, politsiya chaqirilgan.Ekipaj huquqni muhofaza qilish organlari vakillari bilan birgalikda havo kemasini koʻzdan kechirish boʻyicha tegishli protseduralarni amalga oshirgan va jarayonda barcha buyumlar topilgan. Gumon qilingan chet el fuqarolari esa shu joyning oʻzida ushlanib, politsiya x