calendar 03 Jul 17:09
eye 47
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Gruziya futbolchilari mamlakat Prezidenti tomonidan mukofotlandi

image

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili mamlakat terma jamoasi futbolchilari, shuningdek, murabbiylar shtabi va futbol federatsiyasi vakillarini “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda “Crystalsport.ge” sayti xabar berdi.

Taqdirlash marosimi Ozodlik maydonida o‘rnatilgan sahnada bo‘lib o‘tdi. 2 iyul kuni Germaniyadan qaytgan futbolchilar muxlislarni erishilgan natija bilan qutladi. Muxlislar futbolchilarni olqishlar bilan kutib olganidan so‘ng, Zurabishvili sahnaga chiqib, futbolchilarga, bosh murabbiy Villi Sanolga, murabbiylar shtabi vakillari va futbol federasiyasi rahbariyatiga mukofotlarni topshirdi.

Milliy terma jamoa futbolchilari Mixail Mesxi nomidagi stadiondan ochiq avtobusda Ozodlik maydoniga yo‘l oldi.

30 iyun kuni Gruziya terma jamoasi Yevropa chempionati 1/8 finalida Ispaniyaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, Gruziya jamoasining turnirdagi chiqishi mamlakatda juda ijobiy qabul qilindi, chunki bu jamoa birinchi marta yirik xalqaro turnirda qatnashdi va nimchorak finalga qadar yetib bordi. Gruziya terma jamoasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida sensatsion tarzda Portugaliya termasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi va bu natija esa termaga “F” kvartetida 3-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkonini berdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
43
0
qalampir.uz

“Al-Nasr” Ronaldu bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbol klubi rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X'dagi sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, futbolchi bilan yangi kelishuv 2026 yilgacha amal qiladi. Yangi shartnoma Ronalduning 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini oshiradi, chunki futbolchi mundialda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shartnoma muddati tugag

19 Jul 18:14
 
67
0
xs.uz

“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)

Shu tariqa 'Qirollik klubi' yulduzi 'EA Sports' tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida 'Barselona'ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning 'Ultimate Edition' muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻyna

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Olimpiada vaqtida terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Fransiya politsiyasi Olimpiya o‘yinlari paytida vaziyatni beqarorlashtirishga urinishda gumon qilingan rossiyalikni qo‘lga oldi. Bu haqda “France-Presse” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, 23 iyul kuni Olimpiada o‘yinlari vaqtida terakt uyushtirishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.  Fransiya hukumati 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida teraktlar sodir etilishi xavfidan o‘z xavotirini bildirdi. “23 iyul kuni Fransiyada adovat qo‘zg‘atish maqsadida xo

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

Parij-2024: Argentinalik futbolchining qimmatbaho narsalari o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Tiago Almadaning buyumlari futbol bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining guruh bosqichining ochilish bosqichi oldidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano “TyC Sports”ga bergan intervyusida aytdi. “Tiago Almadaning buyumlari o‘g‘irlangan, uzuklar va soatlar mashg‘ulotdan so‘ng yo‘qolgan, ammo biz bu haqda qayergadir murojaat qilishni istamadik”, deydi Maskerano