calendar 03 Jul 08:46
eye 69
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pakyao yaponiyalik kikbokschi bilan jang qiladi

image

Iyul oyining oxirida Super Rizin 3 boks oqshomi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, kechada afsonaviy bokschi Menni Pakyao chiqish qiladi. Bu haqda Rizin ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Avvaliga Pak-Man yaponiyalik MMA jangchisi Chihiro Suzuki bilan boks tushishi kerak edi. Ammo u hamyurti Takanori Gomiga qarshi ko‘rgazmali o‘yinda jarohat olgan, shu bois 28 iyul kuni bo‘ladigan jangni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Biroq 45 yoshli Pakyao baribir Super Rizin 3 boks oqshomida chiqish qiladi – uning raqibi yana bir yaponiyalik kikbokschi Rukiya Anpo bo‘ladi. Anpo ilgari hech qachon professional boksda ishtirok etmagan. Shartnomaga ko‘ra, 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi jang 3 daqiqadan 3 raund davom etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 16:02
 
70
0
qalampir.uz

Parij-2024: O‘zbekistonlik hakamlar mezbonlar ishtirokidagi o‘yinni boshqarib boradi

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev Olimpiada o‘yinlari guruh bosqichi doirasidagi bahsda ish olib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Tantashev boshchiligidagi brigada mezbon Fransiya va Gvineya o‘rtasidagi o‘yinda ishlaydi. Tantashev qanotlarda hamyurtlari Andrey Sapenko va Temur Gaynullin yordam beradi. “A” guruhidan o‘rin olgan Fransiya 1-turda AQSH vakillarini mag‘lub etgandi. Agar &l

03 Sep 21:36
 
29
0
xs.uz

Boburjon Omonov oltinchi oltin medalimizga mualliflik qildi — Fotoreportaj

Para yengil atletikachilarimizning navbatdagi medali uzoq kuttirmadi. F41 klassida yadro uloqtirish bellashuvlarida ishtirok etgan yurtdoshimiz Boburjon Omonov oltin medalga sazovor boʻldi. Paralimpiya oʻyinlarining ikki karra chempioniga aylangan andijonlik sportchimiz 14.32 metr natija qayd etib, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlarida oʻzi oʻrnatgan rekordni yangilashga erishdi.Ushbu muvaffaqiyatdan keyin delegatsiyamiz hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 4 tadan kumush va bronzani

26 Jul 10:19
 
35
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

Shahram G‘iyosovning raqibi aniq bo‘ldi

O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov navbatdagi jangini 31 iyul kuni o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. 31 yoshli G‘iyosovga meksikalik 30 yoshli Migel Parra raqiblik qiladi. Jang “Riyadh Season” tomonidan Amerikaning Santa-Monika shahrida tashkil etiladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi. Ma’lumot uchun, Shahram G‘iyosov shu vaqtga qadar profboksda 15 marta ringga ko‘tarilib, barchasida raqib