calendar 02 Jul 14:22
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ehtiyotsizlik sabab yo‘lovchini o‘ldirib qo‘ygan haydovchi qamaldi

image

Jizzax viloyatidagi dala maydonida spirtli ichimlik ichib, ziyofat qilgan haydovchi ehtiyotsizlik tufayli mashinasining orqasida yotgan yo‘lovchini bosib ketdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Keltirilishicha, holat joriy yilning 7 yanvar kuni Zomin tumani Peshag‘or mahallasi Adrabod qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Kirakashlik bilan shug‘ullangan haydovchi o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia avtomobilida qarz undirish tashvishida yurgan tanishini manziliga olib borgan. Bu orada mashinaga yana bir hamqishlog‘i o‘tirgan. Ular spirtli ichimlik ichib, ziyofat qilish uchun dala maydonidagi bo‘z yerni tanlagan. 

Haydovchi kimdir bilan telefonda gaplashib, jahl ustida mashinani orqaga haydagan. Aynan o‘sha paytda mashinaning orqasida yotgan yo‘lovchilardan birining boshi jarohatlangan. Haydovchi bu xatti-harakatidan qo‘rqib ketib, yo‘lovchini tashlab ketishga qaror qilgan. Haydovchi yana bir sherigini jabrlanuvchi hushiga kelgach, o‘zi ketishiga ishontirgan va kimdir unga telefon qilib so‘rasa, uni bekatda qoldirganligini aytishiga ko‘ndirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sudda haydovchi e’tiborsizligi sabab bir inson hayotiga zomin bo‘lganini, unga tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rmaganini tan olib, kechirim so‘radi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 3 yil barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvaoroq Toshkentda ayolni bolta bilan o‘ldirgan erkak 23 yilga qamalgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
67
0
qalampir.uz

Makedonskiy tangasini O‘zbekistondan olib ketishga uringan xitoylik to‘xtatib qolindi

Aleksandr Makedonskiy davriga oid qadimiy tangani O‘zbekistondan olib ketishga uringan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi to‘xtatib qolindi. Bu haqda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabar berdi. Qayd etilishicha, bugun, 12 iyul kuni soat 01:05 atrofida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportining chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Toshkent-Urumchi” yo‘nalishi bo‘yicha uchib ketayotgan Xitoy fuqarosi S.J.ga tegishli yo‘l su

16 Jul 18:43
 
92
0
xs.uz

Oʻzbekistonga 6 oyda 56,9 ming nafar chet ellik davolanish maqsadida kelgan

2024-yilning yanvar iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, bu yilgi koʻrsatgich oʻtgan yil bilan qiyoslaganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 foizga oshgan.Joriy yilning oʻtgan 6 oyida yurtimizga davolanish uchun kulgan chet el fuqarolarining (mamlakatlar kesimida) soni quyidagicha:

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan