calendar 02 Jul 12:25
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i pora bilan ushlandi

image

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida tadbirkorning 90 million so‘mini qo‘lgan kiritgan Eleketr tarmoqlari korxonasi rahbari qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, shahar Elekter tarmoqlari korxonasi boshlig‘i D.N. shahar ETK muhandisi vazifasida ishlagan davrida “G.S.K.” MCHJning elektr ta’minotidan 202,5 million so‘m qarzdorligini kamaytirib berish evaziga MCHJ nazoratchisi A.G.dan 90 million so‘mni qo‘lga kiritgan. Ushbu pullar hisobidan 3 million so‘mni fuqaro U.M. orqali qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida hokim o‘rinbosarlari pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 21:59
 
74
0
xs.uz

“Oʻzgidromet” 19-iyul kuni qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekun

22 Jul 13:14
 
65
0
qalampir.uz

Bolaning yuziga tarsaki urgan sotuvchiga ish qo‘zg‘atildi

Avvalroq, Sirdaryoda sotuvchi QR-kodli chek so‘ragan 13 yoshli bolaga tarsaki tushirgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan sotuvchiga ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv davomida Guliston shahridagi savdo do‘koni sotuvchisi Z.A. (erkak kishi) jamoat joyida so‘kinib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik yuzasidan sodir qilgan xatti-harakatlari uchun Ma

21 Jul 19:05
 
72
0
qalampir.uz

Qarshida korxona yonib ketdi (video)

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan xususiy korxonada yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, kecha, 20 iyul kuni soat 18:00 atrofida Qarshi shahar FVBga xususiy korxonalardan birining ishlab chiqarish binosida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan, soat 18:10 da qutqaruv xizmatidan barcha zarur kuch-vositalar voqea joyiga yetib borgan va soat taxminan 20:10 da yong‘

15 Jul 12:03
 
58
0
qalampir.uz

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari