calendar 02 Jul 11:26
eye 71
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qodirov jiyanini Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinladi

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 27 yoshli jiyani Hamzat Qodirov respublika Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlanganini ma’lum qildi.

Hamzat Qodirov Checheniston rahbarining yordamchisi lavozimida ham ishlaydi.

Ilgari Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini respublika rahbarining amakivachchasi Turpal-Ali Ibragimov egallab kelgan, u endi Shalinskiy tumanini boshqaradi.

“Ularning (Ibragimov va Qodirov) ikkalasi ham rahbarlik lavozimlarida katta tajribaga ega va o‘zlariga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni uddasidan chiqishadi”, deb yozdi Checheniston rahbari.

Ma’lumot uchun, 10 may kuni Checheniston Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonov Ramzan Qodirov jiyaniga “Jasorat” ordenini topshirgani haqida xabar berdi. Orden bilan taqdirlash haqidagi farmonni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin imzolagan.

2023 yilda Hamzat Qodirov II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan, shuningdek, Checheniston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Bundan biroz oldin u Checheniston mulk va yer munosabatlari vaziri lavozimiga tayinlangan.

2020 yil fevral oyida o‘sha paytda 23 yoshda bo‘lgan Hamzat Qodirov Checheniston sport vazirligini boshqargan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

15 Jul 12:02
 
76
0
qalampir.uz

AQSH Gruziyaga yordam berishni to‘xtatdi

north_east Xavfsizlik va inson huquqlari o‘rtasidagi tanlov. Gruziyada hukumat nimani xohlayapti? Xalq-chi? Amerika Qo‘shma Shtatlari “Noble Partner 2024” harbiy mashg‘ulotlarini noma’lum muddatga qoldirganidan so‘ng, respublikaga yordamni muzlatib qo‘ydi. Bu haqda AQSH Davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya gruziyalik jurnalistlarga ma’lum

26 Jul 10:19
 
47
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy