calendar 01 Jul 22:31
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi

image

Janubiy Koreyaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi raislik muddati yakunlandi. 1 iyulda bu rol Rossiyaga o‘tdi. Xavfsizlik Kengashiga raislik har oy bir mamlakatdan boshqasiga o‘tkaziladi.

“Rossiya raislik davrida uchta asosiy tadbirni rejalashtirgan. Ulardan biri yanada adolatli, demokratik va barqaror dunyo tartibini barpo etish uchun ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha ochiq munozara bo‘ladi. Uchrashuv 16 iyulga belgilangan”, deb xabar berdi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya.

Ertasi kuni, 17 iyul kuni Yaqin Sharqdagi kelishuv bo‘yicha ochiq munozaralar bo‘lib o‘tadi. Har ikki tadbirga Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov raislik qilishi kutilmoqda. 19 iyul kuni BMT va KXSHT, MDH va SHHT o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha bahslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Nebenzyaning aytishicha, Rossiya Xavfsizlik Kengashiga raisligi davrida Sevastopoldagi plyajda ATACMS yordamida hujumni muhokama qilishlari mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 10:45
 
65
0
qalampir.uz

Yuliya Navalnaya Rossiyada “ekstremist” deb e’lon qilindi

Rossiya Federatsiyasi Moliyaviy monitoring federal xizmati (Rosfinmonitoring) muxolifatchi Aleksey Navalniyning bevasi Yuliyani “terrorchilar va ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni mahalliy internet nashrlari xabar berdi. Ikki kun avval Yuliya Navalnaya “ekstremistik jamiyat”da ishtirok etganlikda ayblangani ma’lum bo‘ldi. Rossiyada u federal qidiruvga berilgan. Shu bilan birga, Moskvaning Basmanniy sudi uni sirtdan hibsga oldi. &ldquo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-

26 Jul 10:19
 
27
0
qalampir.uz

AQSH Xitoyga qarshi sanksiyalar kiritdi

Qo‘shma Shtatlar olti nafar Xitoy fuqarosi va beshta Xitoy kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda. Bu haqda AQSH Moliya vazirligi xabar berdi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, olti nafar xitoylik hamda tashkilotlar KXDRning ballistik raketa va kosmik raketa dasturiga yordam beruvchi tovarlarni xarid qilishda ishtirok etgan. Shuningdek, Qo‘shma Shtatlar xalqaro sanksiyalarni amalga oshirish uchun barcha vositalarni qo‘llash, jumladan, noqonuniy xarid tarmoqlarini kesish n

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t