calendar 29 Jun 14:51
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jinoyat kodeksi yana bir javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda

image

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.

Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasida oilaviy (maishiy) zo‘ravonliklardan himoyalash choralari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda. Xususan, Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

“Yig‘ilishda qo‘mita a’zolari qonun loyihasini siyosiy partiyalar fraksiyalari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqishga kelishib oldilar”, deyilgan xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 Jul 13:23
 
197
0
xs.uz

Qirgʻiziston Prezidenti 2 kunlik davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-19-iyul kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi, ularda Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.Oʻzaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini

19 Jul 18:27
 
83
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha nechta yoʻlovchi tashilmoqda?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yanvar'iyun oylarida Toshkent metropolitenida bir kunda oʻrtacha 724,5 ming nafar yoʻlovchi tashilgan.2023-yil yanvar'iyun oylariga nisbatan bu koʻrsatkich 277,1 ming yoʻlovchiga oshgan.

19 Jul 22:59
 
72
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatildi

O‘zbekiston 2024 yilgi Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO)dan chetlatilib, olimpiadada ishtirok etgan barcha o‘quvchilarning natijalari bekor qilindi. Shuningdek, IBO'ga a’zo davlatlar ro‘yxatidan ham chiqarib yuborildi. Bu haqda Xalqaro biologiya olimpiadasi tashkiloti xabar berdi.  Bu qaror IBO boshqaruv kengashi tomonidan qabul qilingan va bunga O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qoidalarga rioya qilinmaganligi sabab bo‘lgan. Bu esa respublikaning kelgusidagi ishtirok

16 Jul 17:51
 
100
0
xs.uz

“Yoshlar daftari”ga yoʻllangan murojaatlarni koʻrib chiqish muddati qisqardi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayevning 'Yoshlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishga, shuningdek ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida'gi axboroti eshitildi. Bu haqda Qonunchili