calendar 26 Jun 10:21
eye 50
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Duda Si Szinpin bilan Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qildi

image

Polsha Prezidenti Anjey Duda Pekinga tashrifi doirasida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashib, u bilan Ukraina va o‘zaro savdoni kengaytirish borasida muzokaralar olib bordi. Bu haqda Dudaning matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq majlislari zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Duda Si Szinpinga NATOga a’zo Polsha bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamligicha qolayotganini aytdi. O‘z navbatida, Si Szinpin ham munosabatlarni do‘stona deb ta’rifladi.

“Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 75 yil davomida ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib, ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlikka doimiy ravishda yangi kuch-g‘ayrat kiritmoqda”, degan Xitoy rahbari.

Muzokaralar mavzularidan biri Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘ldi. Duda Polshaning mojaro, Rossiya va uning ittifoqchisi Belarusning Polsha chegarasida ko‘rsatayotgan migratsiya bosimi, Yevropadagi xavfsizlik va tinchlik zarurati haqidagi fikrlarini batafsil bayon qilganini aytdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 17:46
 
79
0
qalampir.uz

AQSH va Britaniya Xodayda xalqaro aeroportiga zarba berdi – OAV 

AQSH va Buyuk Britaniya kuchlari Xodayda xalqaro aeroportiga zarba berdi. Bu haqda Yaman husiylariga qarashli “Al Masirah” telekanali xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Xodayda aeroporti uch marta zarbaga uchragan. AQSH va Buyuk Britaniya bu borada hech qanday izoh bermadi. Xodayda Yamanning eng muhim hududlaridan biri hisoblanadi, chunki u uzoq qirg‘oq chizig‘iga, shuningdek, xalqaro aeroportga va uchta muhim portga ega. Ma’lumot uchun, 2023 yil 31 oktyabrdan boshlab husiy

11 Aug 03:44
 
20
0
xs.uz

Yevropaning Ukrainaga “sovgʻa”si, Gʻazodagi urush va kelishuvga umid (+video)

Vositachilar Isroil va HAMASni oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirmoqdaQatar, Misr hamda Qoʻshma Shtatlar Isroil va HAMASni Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirdi. Chunki Isroilning davom etayotgan bombardimonlari 40 mingga yaqin falastinlikning hayotiga zomin boʻldi.Payshanba kuni eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda uch davlat Isroil va HAMASni Doha yoki Qohirada shoshilinch muhokamani qayta boshlashga va kechiktirmasdan bitimni amalga oshir

21 Jul 16:48
 
70
0
xs.uz

Ozarbayjon prezidenti Armaniston bilan tinchlik oʻrnatishning asosiy shartini maʼlum qildi

Boku Armaniston bilan tinchlik shartnomasini imzolay olmaydi, chunki ushbu mamlakat konstitutsiyasida Togʻli Qorabogʻ bilan birlashish toʻgʻrisidagi hujjatga havolalar mavjud. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Ikkinchi Shusha global mediaforumida aytib oʻtdi.Uning soʻzlariga koʻra, Mustaqillik deklaratsiyasini oʻz ichiga olgan Armaniston Konstitutsiyasi Ozarbayjon uchun hududiy xavf tugʻdiradi, chunki unda Yerevanning Togʻli Qorabogʻ bilan birlashish istagi rasman mustahkaml

15 Jul 12:03
 
131
0
xs.uz

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi.Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz bergan. Tramp qulogʻidan yaralangan va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etgan.AQSH prezidentligiga nomzodning matbuot kotibi Stiven Chunning maʼlum qilishicha, siyosatchi Pensilvaniya shtatidagi kasalxonada tibbiy koʻrikdan oʻtgan. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, Tramp oʻng qulogʻidan yaralangan va koʻp qon yoʻqotgan.'BNO News' portal