calendar 24 Jun 20:18
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeI Ramzan Qodirovning onasiga nisbatan sanksiya kiritdi

image

Yevropa Ittifoqi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning onasi Aymani Qodirovaga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etilgan hujjatda ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, uning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishiga ukrainalik bolalarni antiukrain ruhida qayta tarbiyalab, kelajakda Rossiyaga xizmat qilish dasturini amalga oshirishi va Ukrainaga qarshi hujumlarda qatnashgan chechen jangchilarining oilalariga yordam bergani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Yevropa Ittifoqi Checheniston rahbarining otasi, Rossiya Qahramoni Ahmad Hoji Qodirov nomidagi mintaqaviy jamoat fondini ham “qora ro‘yxat”ga kiritgan.

Eslatib  o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarning 14-paketi doirasida rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina, Shaman taxallusi bilan tanilgan qo‘shiqchi Yaroslav Dronov va aktyor Ivan Oxlobistinni “qora ro‘yxat”ga kiritgani ma’lum qilingandi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
128
0
qalampir.uz

Tayvan Xitoy shimolidagi raketa sinovlarini kuzatib bormoqda

Xitoyning shimoliy Ichki Mo‘g‘uliston hududida raketa sinovi o‘tkazilmoqda. Uning “to‘lqinlari”ni Tayvan kuzatib bormoqda. Bu haqda oroldagi mudofaa idorasi xabar berdi. “Tayvan Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari shay holatda ekanligini ma’lum qildi”, deb xabar qildi “Reuters”. Vazirlik Tayvandan taxminan 2000 km uzoqlikda joylashgan Ichki Mo‘g‘ulistonda Xitoy raketa kuchlari tomonidan ertalab soat 4:00 dan beri “bi

27 Jul 10:03
 
78
0
qalampir.uz

G20 vazirlari milliarderlarni global soliqqa tortish bo‘yicha kelisha olmadi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda G20 davlatlarining Moliya vazirlari milliarderlarga global soliq joriy etish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda “Politico” xabar berdi.  Nashrning qayd etishicha, ushbu mavzu aslicha qoldirilgan bo‘lsa-da, vazirlar kelajakda bu masalani muhokama qilishni davom ettirishga kelishib olgan. “Dunyoning eng qudratli hukumatlari milliarderlarga global soliq joriy qilish bo‘yicha kelishib

26 Jul 10:19
 
29
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘

21 Jul 23:17
 
92
0
xs.uz

Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini maʼlum qildi

AQSHning amaldagi yetakchisi Jo Bayden prezidentlik poygasini tark etishini va davlat rahbari lavozimiga qayta saylanish uchun kurashmasligini maʼlum qildi. Shunday qilib, u barcha saylov tadbirlarida ishtirok etishni toʻxtatadi.Shu bilan birga, u muddatining oxirigicha AQSH prezidenti sifatida qolishini taʼkidladi.AQSH ommaviy axborot vositalari xabarlariga koʻra, vitse-prezident Kamala Xarris uning oʻrnini egallash uchun asosiy daʼvogar sifatida koʻrilmoqda.AQSHda prezidentlik saylovlar