Bugun, 21 iyun tongida futbol bo‘yicha Amerika kubogi bahslari start oldi. Turnirning dastlabki o‘yinida Argentina Kanada bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarga Xulian Alvares va Lautaro Martines mualliflik qildi. Mazkur guruhning ikkinchi o‘yinida Chili Peru bilan bahs olib boradi.
23 iyun tongida Ekvador-Venesuela, Meksika-Yamayka bilan kuch sinashadi. Ekvador-Venesuela uchrashuv Toshkent vaqti bilan 3:00 da boshlansa, Meksika-Yamayka bahsi 6:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, 48-Amerika kubogi bahslariga Amerika Qo‘shma Shtatlari mezbonlik qilmoqda. Turnir o‘yinlari mamlakatning 14 ta shahridagi 14 stadionda bo‘lib o‘tadi. Bahslar 14 iyulga qadar davom etadi.