calendar 17 Jun 09:49
eye 39
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

AQSH Ukraina energetikasini tiklash uchun 1,5 milliard dollar ajratadi

image

Vashington ma’muriyati energiya tizimini tiklash va boshqa ehtiyojlar uchun Ukrainaga deyarli 1,5 milliard dollar ajratadi. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris Byurgenshtok sammitida ma’lum qildi.

Oq uy rahbarining o‘rinbosari bu mablag‘lar Ukrainadagi energiya sohasini tiklash bilan birga insonparvarlik ehtiyojlari uchun ham ishlatilishini bildirdi. Ushbu yordam energiya, gumanitar, chegara va ijro organlarining faoliyatini qamrab oladi.

Aniqlik kiritilishicha, transhlar Davlat departamenti va Xalqaro taraqqiyot agentligi orqali amalga oshiriladi. Energetika infratuzilmasini favqulodda tiklash uchun jami 824 million dollar ajratilgan bo‘lsa, gumanitar yordam hajmi 379 million dollarni tashkil etadi.

Qolgan 300 million dollar esa Ukraina chegara xizmati va huquq-tartibot idoralari uchun birinchi tibbiy yordam uskunalarini xarid qilish uchun mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyi o‘rtalarida Davlat Departamenti rahbari Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar yangi mudofaa sanoati jamg‘armasi orqali Ukrainaga qo‘shimcha 2 milliard dollar harbiy mablag‘ ajratmoqchi ekanligini ma’lum qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
38
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn

17 Jul 11:01
 
66
0
xs.uz

Jo Bayden prezidentlik saylovidan chiqishi haqida gapirdi

AQSH prezidenti Jo Bayden agar shifokorlar uning sogʻligʻida muammo borligini aniqlasa, prezidentlik poygasidan chiqishini taʼkidladi. Bu haqda u 'BET' nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Menda qandaydir kasallik boʻlsa, kimdir, shifokorlar kelib, sizda falon muammo bor, deyishardi', dedi u prezidentlik poygasini tark etish haqida gapirar ekan.'Ochigʻini aytsam, menimcha, qarilik faqat donolik keltiradi', ' deya qoʻshimcha qildi Bayden shu oʻrinda.Bayden avvalroq, agar Xudo buni bu

18 Jul 11:52
 
61
0
xs.uz

Jo Bayden yana koronavirus bilan kasallandi

AQSH prezidenti Jo Bayden koronavirus yuqtirib olgan va kasallikning yengil alomatlarini boshdan kechirmoqda. Bu haqda Oq uy xabar berdi.'Bugun ertalab, Las-Vegasdagi birinchi tadbirdan soʻng, prezident Bayden COVID-19 uchun sinovdan oʻtdi va natija ijobiy chiqdi', deydi Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer.Bayden Delaverdagi qarorgohida oʻzini izolatsiyaga olishi va vazifalarini bajarishda davom etish niyatida.Jo Bayden 2022-yilning iyul oyida ham koronavirus bilan kasallangan edi.

26 Jul 10:21
 
25
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob