calendar 15 Jun 14:32
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ukrainaga yetkazilgan zarar Rossiyani qancha summaga tushirgani ochiqlandi

image

G7 sammiti doirasida Italiyada yig‘ilgan yettilik guruhiga a’zo davlatlar Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun Rossiyaning 486 milliard dollardan ortiq tovon to‘lashi kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda guruhga a’zo davlatlarning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi.

“Rossiya Ukrainaga yetkazilgan zararni qachon to‘lashi to‘g‘risida o‘zi qaror qabul qilishga haqli emas. Biz Ukrainaning iqtisodiy inqiroziga sabab bo‘lgan Rossiya g‘alaba qozonishi mumkinligi haqidagi yolg‘on fikrlarni yo‘q qilishga qat’iy qaror qildik”, deyiladi hujjatda.

Keltirilishicha, G7 davlatlari Rossiyani ushbu talablarni bajarishga majburlashi mumkin bo‘lgan barcha huquqiy vositalarni ko‘rib chiqishda davom etmoqda. Bundan tashqari, ishtirokchilar Rossiyaning Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi aktivlari Rossiya o‘z agressiyasini to‘xtatmaguncha va Ukrainaga yetkazilgan zararni to‘lamaguncha muzlatib qo‘yilishini ta’kidladi. Aktivlardan olingan daromad Ukrainaga 50 milliard dollar miqdoridagi kreditni qoplash uchun ishlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya G7 sammitida Ukrainaga 300 million dollardan ortiq mablag‘ ajratishi xabar qilingandi. AQSH Prezidenti Jo Bayden esa G7 sammitiga Rossiyaga qarshi sanksiya va Ukraina xavfsizligi bo‘yicha kelishuv bilan borgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Jul 17:54
 
41
0
qalampir.uz

Isroilning G‘azodagi maktabga hujumi oqibatida 29 kishi qurbon bo‘ldi (video)

Falastinliklar yashiringan Xon Yunusdagi maktabga Isroil hujumi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi. Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Isroil armiyasi oxirgi 24 soat ichida oltita ommaviy qotillik sodir etgan, oqibatda 60 nafar falastinlik halok bo‘lgan. “Bu genotsid 10 oydan beri bosqinchi armiya Falastin xalqiga qarshi amalga oshirayotgan jinoyatning davomidir. Biz tinch aholiga nisbatan bu dahshatli qirg

17 Jul 19:35
 
108
0
xs.uz

Rossiyada oʻzbekistonlik muhojirlar fast-fuddan zaharlandi

Moskva Tergov qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, voqea joriy yilning 15-iyul kuni Moskva viloyati Dmitrovskoye shossedagi yotoqxonalardan birida yuz bergan. Jabrlanganlarning yetti nafari kasalxonaga yetkazilgan, qolganlarga shifokorlar voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatgan.'Ayni paytda Tergov qoʻmitasi va Rospotrebnadzor xodimlari yotoqxonada, shuningdek, lavash sotadigan yaqin atrofdagi savdo rastalarida tekshiruv oʻtkazmoqda. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonid

26 Jul 10:19
 
47
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘

29 Jul 10:35
 
63
0
qalampir.uz

Turkiya Liviya va Qorabog‘ga kirgani kabi Isroilga ham kirishi mumkin – Erdo‘g‘an

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiya bir paytlar Qorabog‘ va Liviyaga kirganidek, Isroilga ham kirishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u kecha, 28 iyul kuni Rizo viloyatidagi hukmron partiya qarorgohida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z ochdi.   Erdo‘g‘an, birinchi navbatda, Turkiya mudofaa sanoati yutuqlarini qayd etgan, ammo uning fikricha, agar ular muhimroq bo‘lganida, Isroil “Falastinga qilgan ishni qilmagan bo‘lardi”. Turkiya yetakchisi Isroilga kirma