calendar 15 Jun 11:45
eye 98
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Toshkentda so‘nggi 5 oyda 29 kishi YTH qurboni bo‘ldi

image

Joriy yilning yanvar-may oylari davomida poytaxt Toshkentda 29 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘ldi. Bu haqda kecha, 14 iyun kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida YHXB tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z borgan. 

Qayd etilishicha, oxirgi besh oy davomida Toshkent shahrida 393 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 364 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olgan. YTHning 240 tasi piyodalar ishtirokida sodir etilgan. 

YTHlar tahlil qilinganda, 99% holatlarda haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik, piyodalarning belgilanmagan joylardan yo‘lni kesib o‘tishi asosiy sabab bo‘layotgani aniqlangan.    

Poytaxt IIBB boshlig‘i YTHning oldini olish maqsadida har bir avariya o‘choqlarini tahlil qilish, tahlil asosida zaruriy chora-tadbirlarni belgilash, haydovchilar va piyodalar o‘rtasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish bo‘yicha profilaktik targ‘ibot choralarini yanada kuchaytirish kerakligini aytgan. 

Uchrashuvda, shuningdek, Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limi faoliyatiga to‘xtalib, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olish maqsadida “Yunusobod”, “Chilonzor”, “Uzbum-Mirobod”, “Fayzobod” ro‘yxatlash bo‘linmalarida 3 bosqichli yangi elektron tizim joriy etilganligiga alohida ta’kidlangan. Bunda aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron qurilmalar va Yagona elektron tizim orqali amalga oshirilishi nazarda tutilganligi, biroq ayrim hollarda xodimlar tomonidan bu tizimdan to‘liq foydalanilmayotganligi tanqid qilingan.  


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
12
0
xs.uz

Ozarbayjon Prezidenti Koʻksaroy qarorgohida tantanali kutib olindi

23-avgust kuni Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. O'zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldida

29 Jul 12:36
 
61
0
qalampir.uz

Yana bir bank jarimaga tortildi

“Orient Finans” XATB Termiz filiali reklama qonunchiligi buzilishi tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi. Bildirilishicha, qo‘mitaga “Orient Finans” tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘rnatilgan tashqi reklama vositalarining qonuniyligi yuzasidan murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatni o‘rganish jarayonida, bank filiali tomonidan Termiz shahri Hakim At-Term

27 Jul 17:40
 
95
0
qalampir.uz

“Qamchiq”da Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 27 iyul kuni “Vodiy-Toshkent” yo‘lida Mercedes-Benz Sprinter va 3 ta yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, voqea soat 05:00 larda “Qamchiq” dovoni hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 247-kilometrida yuz bergan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.K. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizlik sabab o‘zi bilan bir yo‘nalis

19 Jul 12:13
 
81
0
qalampir.uz

Rossiyada deputatni kaltaklagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Kecha, 18 iyul kuni bir to‘da muhojirlar Samarada Davlat Dumasi deputati Mixail Matveyevni kaltakladi. Ularning orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganligi aytilmoqda. Bu haqda deputat o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi. Qayd etilishicha, Samarada Davlat Dumasi deputati mashina haydab ketayotganida derazadan yigitlar o‘rtasidagi mushtlashuvga ko‘zi tushgan. U mashinadan tushib, mushtlashuvni to‘xtatishga uringan. Oqibatda deputat og‘ir jarohat olgan, jumladan, bosh qismi sh