calendar 14 Jun 18:30
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” a’zosi Saudiya klubiga o‘tib, 40 million yevro ishlab olishi mumkin

image

Madridning “Real” klubi himoyachisi va sardori Nacho Fernandes faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Karim Benzema, Fabino va N'Golo Kante to‘p suradigan “Al-Ittihod” klubi qiziqish bildirmoqda.

34 yoshli futbolchiga mavsumiga 20 million yevro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilinmoqda.

Nachoning “Real” bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi. O‘tgan mavsumda Nacho Madrid klubining barcha turnirlarda 45 ta o‘yinida ishtirok etdi. 

Ma’lumot uchun, Nacho faoliyati davomida qirollik klubi safida 6 marta Yevropa Chempionlar ligasi, 5 marta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 4 marta Ispaniya chempionati va UEFA Superkubogida g‘olib bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

“Real Madrid” yana bir rekord o‘rnatdi

“Real Madrid” bir mavsumda daromadi 1 milliard yevrodan oshgan birinchi futbol klubi bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Futbolchi transferlarini hisobga olmaganda, “Real Madrid”ning daromadi 1,073 milliard yevroni tashkil etdi. Bu moliyaviy yil davomida klubning sof foydasi taxminan 16 million yevroni tashkil qildi. 2023/24 yilgi mavsum yakunida “Real” Yevropa Chempionlar ligasi, Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga k

15 Jul 12:03
 
75
0
xs.uz

Ispaniya uchun magʻlubiyatlar uchun «o‘ch» olish, Angliyaga esa ilk bosh sovrinni yutish imkoniyati

Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionati finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari oʻzaro bellashadi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 boshlanadi.Mazkur jamoalar shu paytgacha 27-marta oʻzaro bahslashgan. Ularning 13 tasida Angliya, 10 tasida Ispaniya gʻalaba qozongan. Toʻrt bellashuvda gʻolib nomi aniqlanmagan. Ushbu oʻyinlarning 19 tasi oʻrtoqlik maqomidagi bahslar hisoblanadi.Angliya va Ispaniya rasmiy musobaqalarda sakkiz bor bir-biriga qarshi maydonda saf tortgan. Jumladan

15 Jul 12:02
 
40
0
qalampir.uz

Eronlik futbolchi “Inter” klubi a’zosiga aylandi

Italiyaning “Inter” klubi “Portu”ning 31 yoshli hujumchisi Mehdi Taremi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Eronlik futbolchining Portugaliya klubi bilan shartnomasi o‘tgan mavsum oxirida yakuniga yetdi va u erkin agent sifatida “Inter”ga o‘tdi. Taremi 2018 yilda Qatar klubiga ko‘chib o‘tgunga qadar Eronning bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan.  U “Al-Garafa”da ikki mavsum o‘ynagach, Yevropa

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bellingemning bir yilda qilolmagan ishini Mbappe bir haftada uddaladi

'Real Madrid' Kilian Mbappening 'Santyago Bernabeu'dagi taqdimotidan soʻng, bir hafta ichida rekord darajada fransiyalik futbolchining futbolkalarini sotishga erishdi. Bu haqda 'Goal' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, fransuz yulduzi futbolkalar savdosi boʻyicha Jud Bellingemdan oʻzib ketdi. Mbappening 9-raqamli libosi muxlislar tomonidan eng koʻp sotib olingan futbolkaga aylanishi bilan birga bir yil davomida ingliz futbolchisining jami sotilgan futbolkalaridan 5 barobar koʻpligi ma