calendar 14 Jun 16:30
eye 88
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

TIV Indoneziya elchisining o‘limiga hamdardlik bildirdi

image

Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sunaryo Kartadinataning vafoti munosabati bilan TIV hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

“Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchisi Sunaryo Kartadinata janoblarining bevaqt vafoti haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Janob Kartadinata o‘z vatani uchun tinimsiz mehnat qilgan, Indoneziya manfaatlarini g‘oyat professionallik va fidoyilik bilan ilgari surgan taniqli va tajribali diplomat edi. Uning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi beqiyos. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi elchining oila a’zolari va yaqinlariga hamda barcha indoneziyalik do‘stlarimizga hamdardlik bildiradi”, deyilgan vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, bir vaqtning o‘zida Qirg‘izistondagi elchi vazifasini ham o‘tagan Kartadinata 2019 yildan boshlab Indoneziyaning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari sifatida faoliyat olib borayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sunaryo Kartadinata vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 12:48
 
72
0
qalampir.uz

Rossiyada narkotik saqlashda ayblangan o‘zbekistonlik 13 yilga qamaldi

Rossiyada O‘zbekiston fuqarosi geroin sotganlikda ayblanib, 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda “Ural Insider” axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Perm shahrining Sverdlovsk tuman sudi O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan 25 yoshli fuqaroni 5 ta jinoyat sodir etganlikda, shu jumladan, Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi (giyohvandlik vositalarini katta miqdorda sotish)ga ko‘ra, aybdor deb topib, 13 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Aniqlanish

15 Jul 12:03
 
99
0
qalampir.uz

Konditsionerli kupeda konditsionerdan darak yo‘q. Yo‘lovchilar norozi (video)

Ijtimoiy tarmoqda kecha, 12 iyul kuni bir nechta o‘zbek kinosi va estradasi yulduzlari yo‘lovchi poyezdning ichki sharoiti yomonligi, jumladan, sovitish tizimi ishlamayotgani, shuningdek, tom qismidan qum tushib, dimog‘iga kirayotganidan shikoyat qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ munosabat bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir guruh san’atkorlar poyezdda safarga chiqqan, ularga konditsioneri bor kupe uchun chipt

11 Jul 10:36
 
47
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda 15 yashar qizni jinsiy qullikda saqlagan ayolga sud hukmi o‘qildi

Qashqadaryo viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘z uyida saqlab, uni jinsiy aloqa qilishga jalb qilgan ayol qamaldi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida 2009 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Joriy yilning 8 aprel kuni sud sudlanuvchilarni aybli deb topgan. Jumladan, sudlanuvchi ayol N.A. Jinoyat kodeksining 135-

15 Jul 12:03
 
45
0
qalampir.uz

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni talon-toroj qilgan mansabdorlar ushlandi

Toshkentda aholidan yig‘ilgan mablag‘ni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan mahallaga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi mansabdorlari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko