calendar 14 Jun 12:41
eye 75
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Bugun Yevro-2024 start oladi

image

Bugun, 14 iyun kuni Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bahslari boshlanadi. Tarixdagi 17-qit’a birinchiligining ochilish o‘yinida mezbon Germaniya Shotlandiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Germaniya va Shotlandiya rasmiy o‘yinlarda o‘zaro 2 marta to‘qnash kelgan va har ikki o‘yinda nemislar zafar quchgan. “A” guruhining ikkinchi o‘yinida esa Vengriya Shveysariya bilan kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, Germaniya-Shotlandiya o‘yini Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi. Yevro-2024 bahslari 14 iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevro-2024 ochilish o‘yiniga kim hakamlik qilishi xabar qilingandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 14:56
 
56
0
xs.uz

Murodjon Yoʻldoshev qozogʻistonlik dzyudochini magʻlub etdi. Navbatdagi raqib kim boʻladi?

Unda ishtirok etayotgan dzyudochimiz jahon chempionati sovrindori Murodjon Yoʻldoshev -73 kggacha boʻlgan vaznda qozogʻistonlik Daniyar Shamshayevni magʻlub etdi.Shu tariqa keyingi bosqichga yoʻl olgan sportchimizga AQSHlik taniqli sportchi Jek Yonezuka yoki moldovalik Adil Osmanov raqiblik qiladi.Avvalroq, dzyudochi Shukurjon Aminova afrikalik sportchini magʻlub etib keyingi bosqichga chiqqanligi haqida maʼlum qilingandi.

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Makron bilan ko‘rishgan o‘zbekistonlik murabbiy bokschilarning imkoniyatini yuqori baholadi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaning Nansi shahridagi mashg‘ulotlarni yakunlab, hozirda Parijda Olimpiada bahslari uchun adaptatsiya jarayonlarini o‘tkazmoqda. Bu haqda terma jamoa murabbiyi Farrux Qilichev QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Nansidagi ikki haftalik mashg‘ulotimiz tugadi. Bokschilar bahslarga a’lo darajada tayyorgarlik ko‘rdi. 5 yildan buyon mana shu jamoaga murabbiylik qilyapman. Bungacha hech qachon bolalar bugungidek yaxshi formada bo

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

Parijga sportchilar uchun O‘zbekistondan maxsus ovqatlar jo‘natildi

Parijda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga milliy taomlar jo‘natildi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. “Yirik kompleks musobaqalarda sportchilarimiz hech qachon taomlardan qiynalmagan. Davlatimizning qo‘llab-quvvatlashi bilan har bir musobaqalarda atletlarimiz uchun milliy taomlarimiz keltiriladi", deyiladi manba xabarida. Qayd etilishicha, Parijda ham delegatsiya a’zolariga ovqatlanishlari uchun alohida sharoit ya