calendar 12 Jun 19:18
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga raketa va dron bilan hujum qildi

image

Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo qo‘mondonligi xabar berdi. 

Keltirilishicha, mamlakat Qurolli kuchlari Rossiyaning beshta raketa va 24 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirgan. Ushbu harbiy texnikalar Rossiya harbiylari tomonidan Saratov viloyatidan Tu-95 MS strategik aviatsiya samolyoti orqali uchirilgan to‘rtta X-101/X-555 qanotli raketalari hamda bitta “Iskander-M” ballistik raketasi bo‘lgan. 

Shuningdek, Tambov viloyatidan uchirilgan bitta X-47M2 "Kinjal" aeroballistik raketasi hamda Yeysk va Primorsko-Axtarskdan uchirilgan "Shahed-131/136" tipidagi 24 ta hujumchi dron ham bo‘lgan. Buning uchun havo mudofaasi Kiyev, Dnepropetrovsk, Zaporoje, Poltava, Xarkov va Vinnitsa viloyatlarida ishlagan.

Ma’lum qilinishicha, Kiyevda havo hujumi haqida ogohlantirish taxminan ikki soat davom etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida qurbonlar va vayronalar mavjudligi qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi besh kun ichida Ukrainaga kamida 500 ta raketa va dron uchirilganini ma’lum qilgandi.

Asadbek Komilov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
50
0
qalampir.uz

Donald Trampga suiqasd uyushtirildi (video)

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirildi. Bu haqda “ABC News” xabar berdi. “Men nimadir noto‘g‘ri ekanligini darhol angladim, chunki shitirlash ovozini, o‘q otishganini eshitdim va darhol o‘q terini kesib o‘tganini his qildim. Ko‘p qon ketdi”, deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Nashrga ko‘ra, Tramp

12 Jul 09:13
 
63
0
qalampir.uz

NATOning 4 ta davlati uzoq masofali raketalarni birga ishlab chiqarishga kelishib oldi

Bugun, 11 iyul kuni AQSHning Vashington shahridagi NATO sammiti doirasida Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.  Kelishuvga ko‘ra, raketalar 500 kilometrdan ortiq masofaga ucha oladigan qilib ishlab chiqariladi. Mamlakatlar Mudofaa vazirlari tomonidan bu borada kelishuv hujjatiga imzo chekilgan. Biroq, Germaniyaning “Frankfurter Allgemeine Zeitung&

15 Jul 12:02
 
64
0
qalampir.uz

Isroil va HAMAS o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari bo‘yicha kelishib oldi – Bayden

Isroil va HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish tamoyillari bo‘yicha kelishib oldi. AQSH Prezidenti Jo Bayden X’da tegishli bayonotni e’lon qildi. “Olti hafta oldin men o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishning keng qamrovli tamoyillarini bayon qildim. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor, bu murakkab masalalar, ammo hozirga kelib Isroil va HAMAS tomonidan tamoyillar kelishib olindi. Mening jamoam tara

27 Jul 18:46
 
69
0
qalampir.uz

Italiya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi

Italiya diplomatik aloqalari uzilganidan 12 yil o‘tib, Suriyaga o‘z elchisini qayta yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani 25 iyul kuni parlament qo‘mitalari oldida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Rim Rossiyaning Yaqin Sharqdagi diplomatik sa’y-harakatlari monopoliyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Bunday diplomatik harakat esa Yevropa Ittifoqi mamlaka