calendar 10 Jun 18:17
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Real” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashmoqchi emas

image

“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya klubi 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishini aytdi. Turnirda 7 ta klub o‘rniga 32 ta jamoa ishtirok etadi.

“FIFA klublar va futbolchilar ushbu turnirda qatnashmasligini unutmoqda. “Real Madrid”ning bitta o‘yini 20 million yevro turadi va ular bu pulni bizga butun turnir uchun bermoqchi. “Real Madrid” ham boshqa klublar kabi taklifni rad etadi”, deydi Anchelotti.

Ma’lumot uchun, 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. Turnir 15 iyunda boshlanadi va deyarli bir oy – 2025 yilning 13 iyuligacha davom etadi. 2023 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi finalda Braziliyaning “Fluminense” klubini 4:0 hisobida mag‘lub etgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
40
0
qalampir.uz

“Liverpul” sobiq “Real” a’zosi uchun 60 million yevro to‘lashga tayyor

“Real Sosedad”ning 23 yoshli vingeri Takefusa Kubo faoliyatini Angliyaning “Liverpul” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi Manbaga ko‘ra, ingliz klubi yaponiyalik futbolchining “Real Sosedad” bilan shartnomasida sotib olish variantini faollashtirishga tayyor, buning uchun “qizillar” rahbariyati allaqachon Kubo bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.  Qayd etilishicha, “Real

15 Jul 12:02
 
60
0
qalampir.uz

Ahmadaliyev qachon Inoue bilan jang qiladi?

O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev to‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega qarshi dekabr oyida jang qilishi mumkin. Bu haqda Ahmadaliyevning o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi. “Inoue Ti Jey Doxeni bilan jang qilishga qaror qildi. Menimcha, Inoue bilan bahsgacha bitta jang o‘tkazaman. Noayaga qarshi esa dekabrda ringga chiqishim mumkin, hozircha hech narsa aniq emas”, deyd

15 Jul 12:02
 
51
0
qalampir.uz

Argentina Amerika kubogini qo‘lga kiritdi

Argentina terma jamoasi Amerika kubogini qo‘lga kiritdi va ketma-ket ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Finalda u Kolumbiya terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni qo‘shimcha bo‘limlarda hujumchi Lautaro Martines kiritdi. Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi jarohati tufayli o‘yinni yakunlay olmadi va o‘yinning 66-daqiqasida almashtirildi. Mayamida bo‘lib o‘tgan final starti tartibsizliklar tufayli bir

11 Jul 15:09
 
85
0
qalampir.uz

Nodirbek Abdusattorov 50 ming dollarlik turnirda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Toshkent shahrida o‘tkazilgan FIDE jahon chempioni, grossmeyster Rustam Qosimjonov xalqaro turnirida chempion bo‘ldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Musobaqaning oxirgi turida Abdusattorov ozarbayjonlik Shahriyor Mamadiyorovga qarshi dona surib, durangga imzo chekdi. Umumiy hisobda 19 yoshli Nodirbek 6,5 ochko jamg‘arib, 1-o‘rinni band etdi. Turnirning amaldagi g‘olibi o‘zbekistonlik Javohir Sindarov 6 ochko bilan,