calendar 10 Jun 16:06
eye 61
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Dana Uayt UFC afsonasining tashkilotdan ketishini xohlamoqda

image

Ultimate Fighting Chempionship (UFC) rahbari Dana Uayt afsonaviy amerikalik jangchi Toni Fergyuson avgust oyidagi jangining natijasidan qat’i nazar iste’foga chiqishini istamoqda. Bu haqda “MMA Junkie” nashri xabar berdi.

“Men Fergyusonning iste’foga chiqishini istardim. Ha, umid qilamanki, bundan keyin u tashkilotga qaytmaydi”, deydi Dana Uayt.

Qayd etish joiz, Toni Fergyuson oxirgi marta 2023 yil 17 dekabrda UFC 296 turniri doirasida biritaniyalik Peddi Pimblettga qarshi jang qilib, hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi. Ushbu mag‘lubiyat “el kukuy”ning ketma-ket yettinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Sobiq vaqtinchalik chempion 2020 yil may oyidagi UFC 249 turnirida amerikalik Jastin Getji bilan bo‘lgan jangda texnik nokautga uchragandi va shundan beri g‘alaba  qozona olmayapti.

40 yoshli Fergyuson oxirgi marta 2019 yilda UFC 238 turnirida amerikalik Donald Serroneni mag‘lub etib, o‘zining o‘n ikkinchi g‘alabali seriyasini qayd etgan va kamar uchun asosiy da’vogar aylangandi, biroq uning o‘sha paytdagi chempion, rossiyalik Habib Nurmuhammedovga qarshi kamar uchun jangi COVID-19 epidemiyasi tufayli bekor qilingandi. Umumiy hisobda 5 marotaba Habib va Tonining jangi o‘tkazilishi belgilangan, ammo barchasi turli sabablarga ko‘ra bekor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Toni Fergyuson keyingi jangini shu yilning 4 avgust kuni amerikalik Maykl Kezaga qarshi UFC Fight Night turnirida o‘tkazadi.

Xabibulloh Rayimov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Jul 10:14
 
88
0
qalampir.uz

Yevro-2024 finalini kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi

Fransiyalik FIFA referisi Fransua Letekse 2024 yilgi Yevropa chempionatining Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yinini boshqarib boradi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar berdi. 2017 yildan buyon xalqaro hakam bo‘lgan 35 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyati davomida UEFA'ning 65 ta rasmiy o‘yinida ishlagan. Bu yilgi Yevroning final turnirida u Ispaniya-Gruziya, Daniya-Serbiya va Xorvatiya-Albaniya kabi uchta guruh bosqichi o‘yinini boshqardi va Myunxendagi

23 Jul 11:50
 
96
0
qalampir.uz

Shaxmat Olimpiadasida O‘zbekistondan kimlar qatnashishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov va Jahongir Vohidov Xalqaro shaxmat Olimpiadasi bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda “Chess.com” xabar berdi. Nufuzli musobaqada 3500 nafarga yaqin shaxmatchi g‘oliblik uchun kurashadi. O‘zbekiston jamoasi turnirda amaldagi chempion sifatida ishtirok etadi. Qayd etish joiz, ikki yil avval Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilgan Olim

27 Jul 11:29
 
49
0
qalampir.uz

Misrning kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz – Temur Kapadze

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ustozi Temur Kapadze Olimpiada o‘yinlarining futbol bahslari guruh bosqichi 2-turi doirasida Misrga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Kecha Nant shahriga yetib keldik, tayyorgarlikni davom ettirmoqdamiz. Oldimizda Misrga qarshi uchrashuv kutib turibdi. Eng asosiysi – hamma sog‘-salomat, biroq bitta yo‘qotishimiz bor. Himoyachimiz Ibrohimhalil oilaviy sabablarga ko‘ra terma jamoa ixtiyorini tark

11 Aug 03:44
 
58
0
xs.uz

Svetlana Osipova finalga yoʻl oldi

Taekvondo WT boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Svetlana Osipova (-67 kg)''Parij-2024' yozgi Olimpiya oʻyinlarining final bosqichiga yoʻl oldi.Murosasiz kechgan yarim final'bahsida yurtdoshimiz janubiy koreyalik Li Dabin ustidan gʻalaba qozondi.Қайд этиш керакки, ҳамюртимиз дастлаб Кот-дъивуар вакиласи Астан Батилини 2:1, иккинчи баҳсда эса учинчи рақамда сараланган британия