calendar 08 Jun 10:48
eye 112
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Janubiy Koreya O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

image

Von Do Yon Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

"Von Do Yon janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldik. Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol Janobi Oliylarining mamlakatimizga bo‘lajak tashrifini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Prezidentlar sammitiga tayyorgarlik ko‘rish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, davlatlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy yaqin aloqalarda yangi o‘sish nuqtalarini kashf etish masalalariga alohida e’tibor qaratdik. Janob elchiga O‘zbekistondagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz", deb yozdi Baxtiyor Saidov Telegram-kanalida.

Ma’lumot uchun, Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol rafiqasi hamrohligida 10-15 iyun kunlari davlat tashrifi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, 4 iyun kuni Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Smita Pant ishonch yorliqlari nusxalarini Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga topshirgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
25
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Moskva shahriga yetib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga yetib bordi.'Vnukovo' aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.Ertaga, 8-oktabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari boʻlib oʻtadi. Kun tartibidan Hamdoʻstlik doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

10 Oct 11:25
 
28
0
xs.uz

Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Samarqand shahrida 'Range Rover', 'Lacetti Optra' va 'Damas' mashinalari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, voqea 10-oktyabr kuni soat 01:00 larda Samarqand shahar Zulfiya mahallasi hududidan oʻtuvchi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 'Range Rover' haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, boshqaruvni yoʻqotgan va avvaliga oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan 'Lacetti Optra' avtomobili orq

09 Oct 12:39
 
20
0
xs.uz

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi'xabar berdi.Maʻlum qilinishicha, prezident farmoni bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholi va sanitar tozalash korxonalari oʻrtasida bogʻlovchi boʻgʻin sifatida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi negizida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi.Farmonga koʻra, chiqindil

09 Oct 22:03
 
25
0
xs.uz

Prezident Buxoro xalqaro aeroporti qurilishiga oid taqdimot bilan tanishdi

Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilinayotgani ham oʻz samarasini berayapti. Xususan, Samarqand xalqaro aeroporti xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilingach parvozlar va yoʻlovchilar soni 5 barobarga oshgan.Shunday salohiyat Buxoroda ham bor. Lekin u yerdagi aeroport aholi va turistlar talabiga javob bermayapti. Mazkur aeroport soatiga 400 nafar yoki yiliga 1 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi, xolos. Bu ' talabga nisbatan juda past.Parvozlarni boshqarish va yo