calendar 05 Jun 17:35
eye 14
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori tayinlandi

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish avstriyalik Sabine Mahlni BMTning O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori etib tayinladi. Bu haqda xalqaro tashkilotning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Sabine Mahl 1 iyundan boshlab o‘z vazifalarini bajarishga kirishdi. Ushbu tayinlovga qadar doktor Sabine Mahl 2019-2024 yillarda BMTning Gruziyadagi doimiy koordinatori lavozimida ishlagan.

Sabine Mahl 22 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro tashkilotlarda faoliyat olib borgan. Jumladan, Indoneziya, Falastin va Qirg‘izistonda BMT Ayollar vakolatxonasi rahbari, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifasida ishlagan.

2007-2011 yillarda Sabine Mahl Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotini Gaagadagi etnik ozchiliklar bo‘yicha Oliy komissarining sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarini qamrab oluvchi bo‘limi rahbari/katta maslahatchisi lavozimida ishlagan.

2005-2007 yillarda Qirg‘izistonda YeXHT markazi rahbari o‘rinbosari va ushbu tashkilotning bosh qarorgohida mojarolarning oldini olish markazida Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. 

2001 yil davomida Sabine Mahl YeXHTning Estoniyadagi missiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimiga faoliyat olib borgan va 2000 yilda Avstriyaning YeXHTga raisligi davrida u Avstriya doimiy vakolatxonasining birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. U, shuningdek, Avstriya Tashqi ishlar vazirligining Siyosiy bo‘limida Janubi-Sharqiy Yevropa bo‘limi boshlig‘i, Yevropa Parlamentida, Venadagi uchta turli sudlarda va Kroydon/Londonda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 

Sabine Mahl Vena universitetida tahsil olgan, ikkita magistr darajasiga ega (huquq va tillar) va huquq fanlari doktori. Sabine Mahl nemis (ona tili), ingliz, rus va fransuz tillarini yaxshi biladi. Oilali, ikki o‘g‘li bor.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
48
0
xs.uz

Parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi

Senatning 54-yalpi majlisida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxshilash, oʻsimlik va hayvonot dunyosini asrash hamda kadastrini yuritish holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.Parlament soʻroviga berilgan javob orqali respublikamizda oʻziga xos, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning fondini saqlab qolish, shuningdek, tabiiy jarayonlarni oʻrganish maqsadida muhofaza etilad

11 Jul 15:12
 
102
0
xs.uz

Agar deputatlarning taklifi qoʻllab-quvvatlansa, hokimlar kengash raisligidan ketishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida 'Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida'gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.Maʼlum boʻlishicha, taklif etilayotgan qonun loyihasida viloyat, tuma

12 Jul 16:34
 
79
0
xs.uz

Mehnat sayohati xotin-qizlarni ish bilan taʼminladi

' Korxonada bir yilda 10 mln. dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi, ' deydi viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi Iroda Maxatova. ' Ayni paytda 1000 nafar hamyurtlarimiz samarali mehnat qilayotgan maskanda 250 ta boʻsh ish oʻrni mavjud. Tumandagi ishga ehtiyojmandlar korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Tadbir ishtirokchilari oʻzi istiqomat qilayotgan hududda jahon talablariga mos korxona borligidan xursand boʻlishdi.' Oʻzimga munosib ish izlab yurgandim, '