calendar 05 Jun 11:43
eye 59
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

PSJ Mbappening ikki oylik maoshini bermayapti

image

PSJ o‘zining sobiq hujumchisi Kilian Mbappening may va aprel oylari uchun maoshini o‘tkazmadi, shuningdek, fevral uchun bonusni ham to‘lamadi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shu yo‘l bilan fransuz grandi hujumchining klubdan erkin agent sifatida ketganining o‘rnini to‘ldirmoqchi. Bildirilishicha, umumiy hisobda PSJ Mbappega 80 million yevro to‘lamasligi mumkin.

Ikkala tomonning advokatlari vaziyatni hal qilish ustida ishlamoqda. Agar kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, vaziyatga Fransiya Professional futbol ligasi yuridik xizmati aralashishi mumkin.

Qayd etish joiz, 3 iyun kuni Mbappe rasman “Real Madrid” futbolchisiga aylandi. Uning “qirollik klubi”dagi yillik maoshi soliqlarsiz hisoblaganda 15 million yevroni tashkil etadi. Mbappening shartnomasida 1 milliard yevro tovon puli ham bor.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 16:20
 
164
0
qalampir.uz

Amerika kubogi: Urugvaylik futbolchilar Kolumbiya muxlislari bilan mushtlashdi

Urugvaylik futbolchilar Amerika kubogi yarim final uchrashuvidan so‘ng kolumbiyalik muxlislar bilan mushtlashdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi. Urugvay va Kolumbiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti 11 iyul tongida Sharlott shahrida bo‘lib o‘tdi va 1:0 hisobida kolumbiyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Manbaga ko‘ra, urugvaylik futbolchilar o‘yindan so‘ng o‘z muxlislari bilan salomlashish uchun tribunaga yaqinlashgan. Kolumbiya terma jamoa

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Parij-2024: Mali-Isroil o‘yini uchun xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Parijdagi huquq-tartibot idoralari xodimlari 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Isroil va Mali terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini ko‘radi. Bu haqda “L’Equipe” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, o‘yin xavfsizligini ta’minlash uchun Mali-Isroil jamoalari o‘rtasidagi guruh bosqichi o‘yini o‘tkaziladigan “Park de Prens” stadioniga mingga yaqin politsiyachi jalb etiladi. Ma’lumot uchun, Mali-Isroil uchrashuvi Tosh

20 Jul 09:55
 
63
0
qalampir.uz

Yamalning agenti mijozining maoshi oshirilishini xohlayapti

Dunyoning eng mashhur agentlaridan biri Jorje Mendesh mijozi, 17 yoshli futbolchi Lamin Yamal uchun “Barselona”dan yaxshi sharoitlarni talab qilmoqda. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, Mendesh klub rahbariyatidan Yamal bilan shartnomani ko‘rib chiqishni so‘ramoqda va uning maoshi oshirilishini istamoqda. Klub prezidenti Laporta esa ikki tomonni qoniqtiradigan iqtisodiy harakatlarni boshlashga va’da berdi. “Barselona” uchun ustuv